Page 111 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 111

Hosil sifatini baholashda о‘simliklar analizining roli. О‘simlik yem-xashaklarining

                  tо‘yimliligini  aniqlashda  о‘simliklar  analizidan  foydalanish.  О‘simliklar  mineral

                  oziqlanishini  diagnostika  qilish  va  ularni  о‘g‘itlarga  bо‘lgan  talabini  aniqlashda

                  о‘simliklar analizidan foydalanish.

                        Tuproqlarni  agrokimyoviy  tekshirish  usullari.  Tuproqdagi  asosiy  oziq

                  elementlarining  shakllari  va  ularni  aniqlash  usullari.  Tuproqlarning  fermentativ

                  aktivligi va uni aniqlash usullari.

                        О‘g‘itlar  analizi.  Mineral  о‘g‘itlarning  sifat  analizi.  Mineral  о‘g‘itlarning

                  miqdor analizi. Organik о‘g‘itlar tarkibidagi oziq elementlar miqdorini aniqlash.

                        Laboratoriya  usullari  agrokimyoviy  tadqiqotlarda  о‘simliklarning  о‘g‘itga

                  bо‘lgan ehtiyojini aniqlash, tuproqning oziq tartibi hamda tuproq, о‘simlik va

                  о‘g‘it о‘rtasidagi munosabatlarni о‘rganishda keng qо‘llaniladi.



                                                        3.14. Tuproq tahlili

                        О‘simliklar  oson  о‘zlashtiradigan  azot  shakllarini  aniqlash.  О‘simliklar

                  oziqlanishida azot manbai bо‘lib nitt kislota va ammoniy tuzlari xizmat qiladi.

                  Tuproqda  sodir  bо‘ladigan  biologik  jarayonlar  tufayli  nitrat  va  ammiak

                  shakldagi  azot  miqdori  о‘zgarib  turadi.  Bu  jarayonga  nitratlarning


                  harakatchanligi ham kuchli ta’sir kо‘rsatadi.
                        Tuproqdagi  azotning  talay  qismi  organik  shaklda  bо‘lib,  ular


                  minerallashgandan  keyingina  о‘simliklar  tomonidan  о‘zlashtirilishi  mumkin.
                  Shu      sababdan       tuproqlarning        harakatchan        azot     shakllari     bilan


                  ta’minlanganligini baholashda ular tarkibidagi oson gidrolizlanaditan va nitrat
                  shakldagi azot miqdori aniqlanadi.


                        Ishqoriy-gidrolizlanadigan  azot  lshqdorini  Kornfil’d  usulida  aniqlash.

                  Tuproqdagi  organik  birikmalarning  ishqoriy  gidrolizlanishi  natijasida

                  ajraladigan  ammiak  mikrodiffuz  usulda  fiksatsiyalanadi.  Bir  paytning  о‘zida

                  tuproq tarkibidagi almashinuvchan ammoniy miqdori ham hisobga olinadi.





                                                              111
   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115   116