Page 110 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 110
О‘zbekiston tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy tekshirish instituti va
Paxtachilik seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy
tadqiqot instituti olimlari tomonidan tuproqlar tarkibida bо‘r 1 mg/kg (qaynatilgan
suvli sо‘rimda), marganets 100 mg/kg, rux 1,5-2,0 mg/kg, kobalt 0,2 mg/kg (natriy
atsetat sо‘rimi, pH 3,5) va molibden 0,15 mg/kg (oksalat sо‘rimi)dan kam
bо‘lganda tegishli mikroо‘g‘itlarni qо‘llash yaxshi samara berishi aniqlangan.
Shu sababdan tajriba uchun tanlangan maydon tuproqlarida asosiy oziq
elementlar (NPK) dan tashqari mikroelementlarning о‘simliklar tomonidan
о‘zlashtiriladigan shakllarining miqdori ham aniqlanadi.
О‘zlashtiriladigan mikroelementlar miqdori tuproqning haydalma qatlami va
uning ostidagi qatlamdan aniqlanadi. Har bir bо‘lmadan olinadigan 15-20 dona
tuproq namunasidan bitta о‘rtacha aralashtirilgan namuna olinadi. Tuproqlar
tarkibidagi mikroelementlar miqdori о‘simliklarning о‘suv davrlarini hisobga
olgan holda 3-5 marta aniqlanadi.
О‘simliklar tahlili har bir variantning ikkita takrorligida amalga oshiriladi
(Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy,
SoyuzNIXI, 1969).
Amal davrida о‘simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ham aniqlab
boriladi. Defoliatsiyadan oldin о‘simliklar tomonidan olib chiqib ketiladigan
mikroelementlar miqdori aniqlanadi. Tuproqlar va о‘simliklar tarkibidagi
mikroelementlar miqdorini bir-biri bilan bog‘lash va taqqoslash, ularning
qо‘shimcha hosilni shakllantirishdagi hissasini aniqlash imkonini beradi.
3.13. Laboratoriya tadqiqot usullari
Laboratoriya tadqiqot usullari, ularning turlari. Agrokimyoviy ob’yektlarni
laboratoriyada kimyoviy analiz qilish. О‘simliklar analizi, uning maqsad va
vazifalari. О‘simlik, tuproq va о‘g‘it orasidagi о‘zaro munosabatni о‘rganishda
о‘simliklar analizining roli. Hosil sifatini baholashda va о‘simliklarda modda
almashinuviga о‘g‘itlarning ta’sirini о‘rganishda о‘simliklar analizining ahamiyati.
110