Page 113 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 113
Harakatchan kaliyni aniqlash. Ma’lumki, harakatchan kaliy suvda oson
eriydigan va almashinuvchan kaliylar yig‘indisidan iborat. Odatda harakatchan
kaliyni aniqlashda harakatchan fosfor uchun tayyorlangan sо‘rimdan
foydadaniladi. Masalan, serkarbonat tuproqlar tarkibidagi harakatchan kaliy
miqdorini aniqlashda B.P.Machigin tomonidan ishlab chiqilgan 1 % li ammoniy
karbonat sо‘rimi ishlatiladi. Bu maqsadda taniqli agrokimyogar P.V.Protasov
usuli ham keng qо‘llaniladi (0,2 n. li ammoniy karbonat sо‘rimi, tuproq:
suv=1:10). Sо‘rim tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri alangali fotometrga kiritiladi va
hisoblashlar asosida K 2O miqdori aniqlanadi.
3.15. О‘simlik tahlili
О‘simliklarning tuproqdan oziq moddalarni yutishi va ularni о‘zlashtirishi
bitta mexanizm asosida sodir bо‘lsada, har bir ekin turi va muayyan ekinning
turli navlari oziq moddalarga talabchanligi, u yoki bu oziq elementning kо‘p yoki
ozligiga munosabati bilan sezilarli darajada farq qiladi. о‘simliklar tahlili
agrokimyoviy tadqiqotlarda muhim о‘rin tutib, undan о‘simlik, tuproq va о‘g‘it
о‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashda, о‘g‘itlarning mahsulot sifatiga, masalan,
dondagi oqsil va qandlavlagidagi shakar miqdoriga, ta’sirini о‘rganishda, yem-
xashaklarning ozuqavorlik sifatini belgilashda, о‘simliklarning oziq
elementlarga talabchanligini aniqlashda keng foydalaniladi.
О‘simliklarning kimyoviy tahlili о‘z ichiga quyidagi ketma-ketlikda
bajariladigan bosqichlarni oladi:
tahlil uchun о‘simlik namunalarini olshi;
kimyoviy tahlilni amalga oshirish;
natijalarni ishlash va о‘simliklarning oziq moddalar(о‘g‘it)ga ehtiyojini
aniqlash.
О‘simliklarning agrokimyoviy tahlili turli-tuman usullarda amalga oshiriladi.
Ularni umumlashtirib, quyidagi guruhlarga kiritish mumkin:
113