Page 116 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 116
yuqoridan kesiladi va unga darhol yupqa rezina manjet kiydiriladi. Manjetning
yuqori qismiga diametri unga mos keladigan shisha nay mahkamlanadi va
uning og‘zi kichik teshikchali pо‘kak bilan yopiladi. Ildiz shirasi kupi bilan
24 soat (odatda 6-8 soat) davomida yig‘iladi va zudlik bilan tahlil qilinadi.
Ajralgan shira miqdori (ml) va uning tarkibidagi oziq elementlar
konsentratsiyasi aniqlanadi. Ildiz tomonidan о‘zlashtirilayotgan va о‘simlik yer
usti qismiga uzatilayotgan eritma konsentratsiyasining bevosita aniqlashini
ayni usulning ustunligi sifatida e’tirof etish mumkin.
Tezkor (ekspress) usullar — oziq moddalarni о‘simlik organlarining kesmasi
yoki ulardan siqib olinadigan shiralarda aniqlashga asoslanadi. Aniqlangan
moddalarning miqdori tuproq va о‘g‘it tarkibidagi oziq moddalarning
о‘simliklar oziqlanishi uchun qanchalar layoqatli ekanligi va ularning
usimlikdagi zahirasi tо‘g‘risida ma’lumot beradi.
Noqulay tashqi muhit omillari (qurg‘oqchilik, yorug‘likning kamligi
va b.) tо‘qima tarkibidagi mineral birikmalarning miqdori va tо‘planishiga
salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Shu sababdan tahlillarni о‘tkazish va ularning
natijalarini baholashda о‘simliklarning rivojlanish davri, namuna olingan sana
va soat, ob-havo, о‘simlikning holati, agrotexnika va boshqalarga e’tibor
qaratiladi.
Tezkor usullar ancha samarali bо‘lib, bir kunda 100 va undan ortiq
tahlilni amalga oshirish imkonini beradi. Qator olimlar tomonidan tezkor
usullar taklif etilgan.
G.S.Davtyan g‘о‘za va boshqa ekinlarning azotga extiyojini dala sharoitida
poya, barg bandi va о‘simlikning boshqa qismlaridagi nitratlarning difenilamin
reaktivi bilan ta’sirlashishi asosida aniqlashni tavsiya etgan. Nitratlar miqdori
reaktiv rangiga qarab, Davtyan asbobidagi rangli shkalaga taqqoslab topiladi
va о‘simliklarning azot bilan ta’minlanganligi rangning och-tо‘qligi bо‘yicha
ballarda baholanadi.
116