Page 121 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 121

Lekin shunday bо‘lsada, tashxisning amalda keng sinalgan, oddiy usulini

                  muntazam  о‘tkazish  va  uni  о‘simlik  oziq  tartibotini  о‘rganishning  boshqa

                  usullari  bilan  birgalikda  qо‘llash,  ekinlarga  u  yoki  bu  о‘g‘itlarni  qо‘llash

                  yuzasidan aniq ma’lumotlar olish imkonini beradi.

                        О‘g‘itlar  tahlili.  Sug‘oriladigan  dehqonchilik  sharoitida  о‘g‘itlar  ekinlar

                  hosildorligini  oshirishning  asosiy  omili  hisoblanadi.  Ayrim  hollarda

                  xо‘jaliklarga  sertifikatsiz  о‘g‘itlar  keltiriladi,  kо‘pincha  о‘g‘itlar  ochiq-sochiq

                  saqlanishi  oqibatida  ularning  sifati  buziladi.  О‘g‘itlarning  xossa  va

                  xususiyatlarini  bilgan  holda  ishlatish,  ularning  samaradorligini  oshirish

                  imkonini  beradi.  Shu  sababdan  agrokimyoda  о‘g‘itlar  tahliliga  katta  e’tibor

                  qaratiladi.

                        О‘g‘itlardan oqilona foydalanishda ularning turi va shaklini, tarkibidagi u

                  yoki bu oziq elementlar miqdorini, shuningdek, foydali va zararli qо‘shimchalar

                  bor-yо‘qligini  bilish  muhim  ahamiyatga  ega.  О‘g‘itlarning  turi  va  shaklini

                  aniqlash uchun sifat tahlili amalga oshiriladi.

                        Mineral о‘g‘itlarni sifat reaksiyalar asosida farqlash. О‘g‘itlarni farqlashda

                  A.N.  Lebedyansev,  X.K.Asarov  va  M.M.Gukova,  F.P.Platonov  va  boshqa

                  tadqiqotchilar  tavsiya  etgan  usullar  keng  qо‘llaniladi.  Lekin  ularning  barchasi


                  mu-ayyan farqlarni hisobga olmaganda, mazmunan bitta asosga borib taqaladi.
                        О‘g‘itlarii farqlashda ularning rangi va shakli, suvda eruvchanligi, ishqor,


                  bariy  xlorid  va  kumush  nitrat  bilan  reaksiyasi,  kо‘mir  chо‘g‘i  va  alangaga
                  munosabatiga alohida e’tibor beriladi.


                        Barcha  azotli  (kalsiy  sianamiddan  tashqari)  va  kaliyli  о‘g‘itlar,
                  shuningdek ayrim kompleks о‘g‘itlar suvda yaxshi erishi bilan ajralib turadi.


                        Kо‘mir  chо‘g‘ida  turli  о‘g‘itlar  turlicha  о‘zgarishlarga  uchraydi.  Masalan,

                  selitralar  birdaniga  chaqnab,  alanga  olib  yonib  ketsa,  ammiakli  tuzlar  va

                  mochevina  tutaydi  va  gaz  holatidagi  ammiak  ajraladi.  Kaliyli  о‘g‘itlar  esa

                  о‘zgarishga uchramaydi, chatnab, sochilib ketadi.





                                                              121
   116   117   118   119   120   121   122   123   124   125   126