Page 124 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 124
     birikib,  geksametilentetraamin  hosil  qilishi  va  bog‘langan  ammiak  shakldagi
                  azotning  miqdoriga  ekvivalent  mikdorda  nitrat  kislotaning  ajralishiga
                  asoslangan.  Kislota  mikdori  ishqor  bilan  titrlab  aniqlanadi.  Sarflangan  ishqor
                  mikdori  bо‘yicha  azotning  %  larda  ifodalangan  mikdori  aniqlanadi.  Yalpi
                  azot miqdorini toiish uchun natija ikkiga kо‘paytiriladi. Namlik va erimaydigan
                  chо‘kma mikdori natriyli selitradagi kabi aniqlanadi.
                        Ammiakli  selitra  va  yana  bir  qator  о‘g‘itlar  granulalangan  holatda
                  chiqariladi. Granula darajasini aniqlashning oddiy usullaridan biri quyidagicha:
                  о‘g‘it  solingan  xalta  1,5  m  balandlikdan  yerga tashlanadi  va  5  mm  teshikchali
                  elakda 2 daqiqa davomida elanadi. О‘g‘itning sochiluvchanligi quyidagi formula
                  asosida topiladi:
                                                       X = G – G 1 /G x 100,
                        bu yerda:  G - xaltadagi ammiakli selitraning umumiy og‘irligi, kg;
                        G 1 -  elakda qolgan kesakchalar og‘irligi, kg.
                        Ammoniy sulfat va ammoniy xloridlar azotni faqat ammiak shaklda tutgani
                  bois  ulardagi  azot  mikdori  formalin  usulida  topiladi.  О‘g‘itlarning  nordonligi
                  metil  qizili  indikatori  ishtirokida  о‘yuvchi  natriyning  0,1  n.  li  eritma-si  bilan
                  titrlash asosida aniqlanadi. Zararli rodanli birikmalar miqdorini aniqlashda temir
                  xloridning 10% li eritmasi ishlatiladi: och pushti rangning paydo bо‘lishi ayni
                  birikmalar mavjudligidan dalolat beradi.
                        Mochevina  —  yuqori  konsentrlangan  о‘g‘it  bо‘lib,  andaza  bо‘yicha  46%
                  azot  va  1%  dan  kam  biuret  (zararli  modda)  tutadi.  Tarkibidagi  azot  suvli
                  eritmani  SO 2  tо‘la  chiqib  ketguncha  sulfat  kislota  qо‘shib  qizdirish  yо‘li  bilan
                  aniqlanadi. Bunda amid shakldagi azot ammiak shakliga о‘tadi va uning mikdori
                  formalin yordamida aniqlanadi.
                        Hozirgi  paytda  mochevina  tarkibidagi  azotni  timol-ftalein  eritmasi
                  yordamida aniqlash keng tarqalgan. Biuret mikdori esa mis sulfat, Segnet tuzi,
                  о‘yuvchi natriy va kaliy iodidlarning aralash eritmasini qо‘shib FEKda, yashil
                                                              124





