Page 126 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 126
     Barcha kaliyli о‘g‘itlar suvda yaxshi eriydi. О‘g‘it tarkibidagi kaliy (K 2O)
                  hisoblab  topiladi.  Tarkibida  xlor  tutgan  о‘g‘itlar  tarkibidagi  kaliy  miqdori
                  perxlorat yordamida aniqlanadi. Bunda qizdirilgan о‘g‘it sо‘rimiga xlor kislotasi
                  quyiladi.  K  va  Na  nint  xlorli  birikmalaridan  iborat  chо‘kma  filtrlanadi  va  xlor
                  kislota  qо‘shilgan  spirt  bilan  yuviladi  (natriy  perxlorat  erib  ketadi,  kaliy
                  perxlorat chо‘kmada qoladi), quritiladi va tortiladi.
                        Kaliy  sulfat  tarkibidagi  kaliy  miqdori  tortma  usulda  aniqlanadi.  Usul
                  pikrilamin  ta’sirida  kaliy  dipikrilaminat  hosil  bо‘lishiga  asoslangan  bо‘lib,
                  chо‘kma  g‘ovak  tubli  tigelda  filtrlanadi,  dipikrilaminning  tо‘yingan  eritmasi
                  bilan yuviladi, 100°S da quritiladi va tortiladi.
                        Xlor  ionlari  Mor  usuli  bо‘yicha  kaliy  xromat  ishtirokida  kumush  nitrat
                  bilan titrlash asosida, Mg miqdori esa trilonometrik usulda aniqlanadi.
                        Kompleks  о‘g‘itlar  tarkibidagi  azot  fosfor  va  kaliy  miqdori  yuqoridagi
                  usullar bilan topiladi.
                        Gо‘ng, torf, parranda axlati va kompostlar tarkibidan azot, ba’zi hollarda
                  fosfor va kaliy aniqlanadi.
                        Azot  miqdorini  Iodlbauer  usulida  aniqlashda  namuna  sulfofenol  kislota
                  bilan  kuydiriladi.  Kuydirish  jarayonida  nitrat  shakldagi  azot  ammiak  holatiga
                  о‘tadi. Tahlil Kyeldal apparatida haydash bilan yakunlanadi.
                        Saqlanayotgan  gо‘ng  tarkibidagi  ammiak  shakldagi  azot  miqdorini
                  aniqlashda I. F. Romashkevich usuli yaxshi natija beradi.
                        Gо‘ng  tarkibidagi  fosfor  va  kaliy  miqdori  ularni  quruq  yoki  hо‘l
                  kuydirish yо‘li bilan aniqlanadi. Fosfor miqdori Denijye reakdiyasi bо‘yicha
                  kolorimetrik usulda, kaliy esa kobaltnitrit usulida aniqlanadi.
                                             3.16. Tahlilning zamonaviy usullari
                        Ma’lumki,  suvli  sо‘rimning  quruq  qoldig‘i,  kation-anion  tarkibi,
                  tuproqlarning  kation  almashinuv  sig‘imi,  rN  kabilar  agrokime  va
                  tuproqshunoslikda yuz yillar davomida mashaqqatli usullar asosida bajarilar edi.
                                                              126





