Page 128 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 128
     raqamlarni  chop  etuvchi  qurilmaga  uzatiladi.  Olingan  natijalar  diagramma
                  holatida ham tasvirlanishi mumkin.
                        Agrokimyoviy  tahlillar  ichida  nitratlarni  aniqlash  muhim  о‘rin  tutadi.
                  Ma’lumki,        nitratlar      о‘simliklarning        ildiz     oziqlanishida       muhim
                  komponentlardan  biri  bо‘lishi  bilan  bir  qatorda  atrof-muhitning  ifloslanishiga
                  zamin  yaratadigan  manbadir.  Ular  sabzavot,  meva  va  poliz  ekinlarining
                  tо‘qimalarida  tez  va  oson  tо‘planib,  iste’molchilarning  zaharlanishiga  sabab
                  bо‘lishi ham mumkin. Hozirgi kunda tuproq va о‘simlikdagi nitratlar miqdorini
                  aniqlashda zamonaviy ion selektiv usullar keng ishlatiladi.
                        Institutda  mikroelementlar  mikdorini  aniqlash  zamonaviy  usullar
                  yordamida  bajariladi.  Bu  elementlar  atrof-muhitda  juda  kam  miqdorda
                  uchrasada, о‘simliklar oziqlanishida muhim о‘rin tutadi.
                        Zp, So, Mp, G‘ye, Mo, Si kabi elementlarning tanqisligi faqat о‘simlik va
                  tirik organizmlarning kasallanishiga sabab bо‘lmasdan, inson organizmida ham
                  turli-tuman xastaliklarni yuzaga keltiradi.
                        Hozirgi  kunda  mikroelementlar  konsentratsiyasini  о‘lchash  uchun
                  zamonaviy atom absorbsion spektrometr ishlatilmoqda. Germaniyaning mashhur
                  «Kar1 Zeis» firmasining EHM va chop etuvchi qurilma bilan jihozlangan AAS—
                  30 rusumli spektrometrining ishlash tartibi tekshirilayotgan namuna tarkibidagi
                  atomlar  chiqaradigan  yorug‘likning  aniqlanayotgan  element  atomlari
                  tomonidan  yutilishiga  asoslangan.  Monoxromatik  yorug‘lik  dastasi  alanga
                  ustidan  о‘tkaziladi  va  tarkibida  mikroelementlari  bо‘lgan  eritma  ingichka
                  kapillyarlar  yordamida  alangaga  purkaladi.  Eritmadagi  zlementlar  atom  holiga
                  о‘tadi  va  ular  konsentratsiyasiga  mos  ravishda  alanga  rangining  intensivligi
                  о‘zgaradi. Asbobning fotoelementlari yorug‘lik oqimi kuchining sezilar-sezilmas
                  о‘zgarishini ham sezadi va bu о‘zgarishlar EHM yordamida elektr signallariga
                  aylantiriladi hamda biz qо‘llaydigan birlik (% yoki mg/kg) larda ifodalanadi.
                        Qishloq  xо‘jaligida  muhim  ahamiyatga  ega  bо‘lgan  mikroelementlardan
                  tashqari, og‘ir metallar deb nomlanadigan elementlar guruhi mavjud bо‘lib, ular
                                                              128





