Page 127 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 127

Zamonaviy  usullar  bu  tahlillarning  samaradorligini  keskin  oshirish,  namunalar

                  va  eritmalarni  aniq  dozalarda  olish  bilan  bog‘liq  analitik  xatolarni

                  kamaytirish  imkonini  beradi.  О‘zbekiston  Davlat  yer  resurslari  qо‘mitasi

                  tasarrufidagi  Tuproqshunoslik  va  agrokimyo  Davlat  instituti  analitik

                  markazining ishlash  tizimi namunalarni  avtomatik  ravishda  uzatuvchi «Srekol-

                  11»  -  fotokolorimetri,  «G‘larho-40»-alangali  fotometri,  S-115  atom  absorbsion

                  spektrometri  va  Polshaning  YE1wro  firmasida  ishlangan  ionometr  kabi

                  apparatlarni  о‘z  ichiga  oladi.  Texnologik  zanjirga  sulfat  ionlarini  aniqlash,

                  «G‘1arho-40»  apparatida  natriyni  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri,  S-115  yordamida

                  magniyni  atom-absorbsion  yо‘l  bilan  aniqlash  kabi  zamonaviy  usullar  xam

                  kiritilgan. Tuproqdagi oson о‘zlashtiriladigan oziq moddalar miqdorini aniqlash

                  qо‘llaniladigan о‘g‘itlar me’yoriga tuzatishlar kiritish imkonini beradi.

                        Tuproqdagi  oziq  moddalar  miqdorini  kо‘rsatuvchi  asosiy  indikator  -

                  о‘simlikning  о‘zidir.  Tuproq  va  о‘simliklar  tahlili  ma’lumotlari  asosida

                  о‘simliklarning tuprokdan oziq  moddalarni о‘zlashtirishi  va bu  jarayonda oziq

                  moddalar tanqisligi tо‘g‘risida fikr yuritish mumkin.

                        Azot,  fosfor  va  kaliyning  yalpi  miqdorini  aniqlash  о‘simliklarni  tahlil

                  qilishning  keng  tarqalgan  kо‘rinishidir.  Lekin  ba’zi  hollarda  о‘simlikning


                  turli qismlaridagi mineral azot va fosfor tarkibini aniqlashga ham tо‘g‘ri keladi.
                  Bunday  muhim  kо‘rsatkichlarni  aniqlash  tabiiyki,  kо‘p  vaqtni  talab  qiladi.


                  Zamonaviy  ADM-300  rusumli  avtomat  liniya  bu  muammoni  oson  hal  qiladi.
                  Germaniyada tayyorlangan bu moslama azot, fosfor, kaliy va natriyning tuproq


                  va  о‘simlikdagi  yalpi  hamda  harakatchan  birikmalarini  yuqori  aniqlikda,  qisqa
                  muddatda aniqlaydi. Namuna va reaktivlarning peristaltik sо‘rg‘ichlar yordamida


                  о‘ta  aniq  miqdorda  uzatilishi  moddalarni  dozalash  paytida  yuzaga  keladigan

                  xatolarga  barham  beradi  va  bir  paytning  о‘zida  bir  nechta  elementning

                  aniqlanishini ta’minlaydi. Tahlil jarayonlari fotokolorimetr va namuna yig‘gich

                  bilan  ulangan  protsessor  orqali  avtomatik  tarzda  boshqariladi  va  natijalar





                                                              127
   122   123   124   125   126   127   128   129   130   131   132