Page 129 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 129
     tirik  mavjudotlarning  tarkibiga  bevosita  kirmasada,  о‘z  nomiga  mos  ravishda
                  katta  atom  massasiga  egadir.  Odatda  mazkur  modalarning  konsentratsiyasi
                  tuproq  tarkibidagi  mikroelementlar  miqdoridan  kam  bо‘ladi  (0,001  dan  100
                  mg/kg  gacha).  lekin  inson  faoliyati  ularning  tabiatda  aylanish  siklini  tubdan
                  о‘zgartirib yuboradi.
                        Sanoat  va  maishiy  chiqindilarning  suv  va  atmosferaga  chiqarilishi,
                  qazilma  boyliklarini  qazib  olish  va  yoqilg‘ilar ta’sirida atrof-muhit zararli
                  birikmalar  bilan  muntazam  ifloslanadi.  Kadmiy,  xrom,  nikel,  qо‘rg‘oshin,
                  simob,  qalay,  molibden  kabi  metallar  tibbiyot  xodimlarining  asosli
                  xavotiriga  sabab  bо‘ladi.  Chunki  ular  miqdorining  oshib  ketishi  og‘ir
                  xastaliklarni keltirib chiqaradi.
                        Atrof-muhitdagi  bu  moddalarnint  birikmalarini  aniqlash  ham  analitik
                  markaz  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  tahlillar  ham  qisqa  tо‘lqinli
                  yorug‘lik  beruvchi  maxsus  chirokdar  tо‘plamiga  ega  atom-absorbsion
                  spektrometrlar yordamida bajariladi.
                        Oddiy sharoitda  7N  izotopi havoda 0,365% ni tashkil etadi.  Tadqiqotchi
                                              15
                  tarkibiga  ayni  izotop  kiritilgan  о‘g‘itlarni  solish  yо‘li  bilan  azotli
                  birikmalarning tuproq, о‘simlik va havoda kо‘chishi, tarqalishi va taqsimlanishini
                  kuzatishi  mumkin.  Bu  holda  ob’yektlarda  izotopning  tabiiy  konsentratsiyasi
                  о‘zgaradi.  О‘rganilayotgan  ob’yektdagi  azot  izotopi  miqdorining  ortishi  yoki
                  kamayishiga  qarab  tuproqda  qolgan,  о‘simliklar  tomonidan  о‘zlashtirilgan,
                  havoga  uchgan  va  sizot  suvlarga  yuvilgan  azot  miqdorini  aniqlash  mumkin.
                  Azotning barqaror izotopi asosida yuqorida aytilgan muammoni yechish uchun
                  analitik      markazda       MI-1201        mass-spektrometri         о‘rnatilgan.     Mass-
                  spektrometrning  ishlash  tartibi  tahlil  qilinayotgan  modda  ionlarining
                  parchalanishi  va  elektromagnit  maydondan  о‘tayotganda  ular  massasining
                  zaryadiga nisbatining turlicha bо‘lishiga asoslanadi. Azot molekulalari radioaktiv
                  manbadan  chiqayotgan  β-nurlarning  elektron  zarbasi  ostida  ionlashadi.  Hosil
                  bо‘lgan  ionlar  mass-spektrometrning  ion-optik  tizimidagi  tahlil  kamerasida
                                                              129





