Page 134 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 134
     2
                                                       m           m      m  2
                                                          D            1       2
                        Ikki  о‘rtacha  arifmetiklarning  farqi  (D),  (m D)  dan  uch  barobar  katta  bо‘lsa
                   D     3, u tо‘g‘ri topilgan bо‘ladi.
                   m D
                        Biroq  kо‘p  tajribalar  natijasida  farqni  uni  xatoligiga  nisbati  ikkiga  teng
                  chiqishi, xaqiqatga yaqin deb topiladi.
                                    4.1. Hosil ma’lumotlarini qayta ishlash xususiyatlari.
                        Hosil  ma’lumotlarini  qayta  ishlash  usullarini  tо‘g‘ri  tanlash  quyidagi
                  sabablarga kо‘ra amalga oshadi: xatolar xususiyati, tajriba sxemasi va boshqalar.
                  Olingan  ma’lumotlarning  turli  xilligi  asosan  bizga  noma’lum  va  biz
                  boshqarmaydigan sabablar – tasodifiy xatolar tufayli kelib chiqadi. Bu sabablarga
                  bir tomonlama sug‘orilmaslik, tuproq,  metereologik va boshqa sharoitlarning bir
                  emasligi kiradi. Tasodifiy xatolar, xam ijobiy xam salbiy miqdorlarga ega bо‘ladi.
                  Shuning  uchun  katta  miqdordagi  paralel  tekshiruvlar  natijasida  ularning  о‘zaro
                  qisman  yeyilishi  amalga  oshadi.  Tasodifiy  xatolardan  tashqari  sistemali  xatolar
                  xam mavjud, ular uzluksiz va uzlukliga bо‘linadi. Uzluksiz sistemali xato barcha
                  variantlarni  qamrab  oladi.  Masalan  tuproq  unumdorligining  sistemali  о‘zgarishi
                  natijasida,  birinchi  variantdan  oxirgisigacha  hosildorlik  (oshadi  yoki  kamayadi)
                  о‘zgaradi.  Mazkur  xatolikning  mavjudligi,  variantlar  orasidagi  taqqoslamalikni
                  buzmaydi.  U  aniqlangach,  turli  tomonlama  qayta  ishlash  orqali  bu  xatolikni
                  bartaraf  etish  mumkin.  Uzlukli  sistemali  xatolik,  faqat  ayrim  variantlarni  tegib
                  о‘tadi va taqqoslash imkoniyatini bermaydi.
                        Dala  tajribalari  natijalarini  qayta  ishlash  metodlari  quyidagicha:  kasrli,
                  umumlashtirish, farqlashtirish, siljishlarni tekislash va dispersion analiz.
                        Faqat kasrli metodda hosil ma’lumotlarini qayta ishlash, har bir variant uchun
                  aloxida olib boriladi. Boshqa barcha metodlarda  hisoblar xamma variant natijalari
                  ustida birgalikda olib boriladi.
                                                              134





