Page 137 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 137
     bо‘yicha aniqlanadi. Tajribani takrorlashda, tuproq unumdorligi о‘zgarishi ta’sirini
                  yо‘q qilish, ikkala xolatda xam bitta ta’moyil asosida aalga oshiriladi.
                        Ikki  metod  orasidagi  farq  quyidagiga  asoslanadi:  siljishlarni  tekislash
                  metodida tajriba xatosi, ya’ni ikki о‘rtachi orasidagi farqning xatoligi aniqlanadi;
                  Fisher  kriteriysi  bо‘yicha,  dispersion  analizda  esa  variantlar  orasidagi  farq
                  tasodifiydan necha marta kattaligi aniqlanadi.
                        Dispersion  analiz  asosida  quyidagi,  agar  variantlar  orasidagi  farq,  paralel
                  maydonlar  va  idishlar  hosili  orasidagidan  katta  bо‘lsa,  tajriba  yaroqli  degan,
                  taxmin yotadi.
                        Bu metodlar bilan tajriba ma’lumotlarini qayta ishlash katta e’tibor qozongan.
                  Siljishlarni  tekislash metodi  bilan  ma’lumotlarni qayta  ishlash  oson  va  qulaydir.
                  Dispersion analiz orqali taxlil olib borilganda, katta jadvallar va kо‘p xonali sonlar
                  ishlatilib,  qayta  ishlashni  qiyinlashtirib  yuboradi.  Shu  qatorda  ta’kidlab  о‘tish
                  kerakki, turli tadqiqotchilar variatsiya egri chizig‘i kо‘rsatkichlari uchun turlicha
                  belgilarni ishlatadilar. Misol uchun tajriba bо‘yicha о‘rtacha hosil xatoligini V.I.
                  Peregudov  YE,  Sokolov  A.V.  m,  Dospexov  m  yoki             S x   deya  belgilagan,  bu
                  albatta materialni о‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.
                        Quyida  olingan  hosil  ma’lumotlarini  qayta  ishlashning  turli  metodlarini:
                  kasrli,  umumlashtirish,  farqlash  va  siljishlarni  tekislash  metodlari  A.V.  Sokolov
                  sxemasida,  Peregudov  sxemasida  (Agrokimyo  Klechkovskiy  V.M  va
                  Peterburgskiy A.V. 1964, 491 bet) va kо‘p yillik tajriba ma’lumotlarini Sokolov,
                  Konstantinova xamda Dospexov sxemalari bо‘yicha о‘rganib chiqamiz.
                                                              137





