Page 140 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 140
     Agarda kо‘p yillik ma’lumotlarda variantlar soni katta bо‘lsa, ularni farqlash
                  metodi  bilan  qayta  ishlash  qiyinlashadi:  juft  taqqoslashlar  soni  ortib,  natijada
                  hisoblashlar soni ortadi.
                        Bu  xolatda  Dospexov  dispersion  analiz  metodini  taklif  etadi.  Qayta
                  ishlashning  bu  sxemasida  yillar  gorizontal  bо‘yicha,  variantlar  vertikal  bо‘yicha
                  joylashadi.
                        Yillar  bо‘yicha  R,  variantlar  bо‘yicha  V  va  umumiy  hosil  miqdori  X
                  hisoblanadi.  Barcha  olingan  ma’lumotlar  kvadratga  oshiriladi.  Bunda
                  ma’lumotlarni qayta ishlash bir yilgiga nisbatan farq qiladi, agar bir yillikda barcha
                  ma’lumotlardan  erkin  boshlang‘ich  miqdor  ayirmasi  kvadratga  oshirilsa,  kо‘p
                  yillikda esa ma’lumotlarning о‘zi kvadratga oshiriladi. Umuman boshqa xollarda u
                  bir  yillik  ma’lumotlarni  Dospexov  metodi  bilan  qayta  ishlash  bilan  о‘xshash:
                  Korreksiyalovchi omil S topiladi,
                        Umumiy  variatsiya  S U,    yillar  bо‘yicha  variatsiya  S R,  variantlar  bо‘yicha
                  variatsiya, tasodifiy variatsiya va kо‘p yillar davomida variantlarning о‘zoro ta’siri
                  (qoldiq) C Z=C Y-(C P+C V); xuddi shunaqa sxemada dispersion analiz olib boriladi,
                  kо‘p yillik о‘rtachalar xatoligi aniqlanadi m , kо‘p yillik tajriba aniqligi m%, farq
                  xatoligi  m d  va  oxirida,  eng  kam  ahamiyatga  ega  farq  NSR 0.95  aniqlanadi.  Kо‘p
                  yillik  ma’lumotlar  asosida  qayta  ishlash  sxemasini  kо‘p  marta  takrorlanishini
                  oldini olish uchun, biz qayta ishlash sxemasini ( B.A. Dospexov 1965 y , 388-390)
                  kо‘rib olishni tavsiya etamiz.
                                        4.2. О‘rtachalar farqi xaqqoniyligini baxolash.
                        О‘rtachalar  farqining  ob’yektiv  xaqqoniylik  kriteriysi  bu  matematik  qayta
                  ishlashdir, ammo uning natijalari ayrim kamchiliklarga xam ega. Yuqorida aytilga
                  sо‘zlarning  ma’nosi  quyidagicha:  17  jadvaldan  kо‘rinib  turganidek,  agar  ikki
                  о‘rtachaning  farqi  bu  farq  xatoligiga  teng  bо‘lganda  D/m D  =  0.1,  u  xolda
                  kuzatishlar soni 30 dan ortganda, farqning xaqqoniyligi 84.1%  yoki 100 ta mavjud
                  xolatdan 84.1 tasida degani.
                                                              140





