Page 144 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 144

Xulosada  aytib  о‘tish  kerakki,  ilmiy  izlanish  ishini  yanada  rivojlantirish

                  uchun, nafaqat xolil ma’lumotlarini balki, ayrim jarayon va taxlillarni matematik

                  qayta ishlash kerak.

                        Ular qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: paxtani vilt bilan kasallanish

                  natijalari, yovvoyi о‘simliklarni tarqalish dinamikasi, tuproq shо‘rligi miqdori va

                  boshqa analitik kо‘rsatkichlar.



                             5-Amaliy mashg‘ulot: Ilmiy tadqiqotlar bosqichlarini о‘rganish.
                    Mavzuga oid adabiyotlar tahlil, maqsad va vazifalar aniqlash, labaratoriya
                                  eksperimental va dala-statsionar usullarini aniqlash

                        Ilmiy  tadqiqot  ishlar  davrida har-bir  talaba kundalik  daftar tutadi, unda har

                  kungi muhim qishloq xо‘jalik ishlari va ularda о‘zlarining ishtirok etishlarini (ish

                  me’yori, mashina markasi, ekish me’yori vashu kabilarni kо‘rsatgan holda) yozib

                  boradi, bajarilgan ish sifatiga baho beradi.

                        Ilmiy tadqiqot ishlar baholash uchun xizmat qiluvchi asosiy hujjat hisobotdir.

                  Hisobotda  talaba  xо‘jalik  ishlarining  eng  muhim  kо‘rsatkichlarini  tahlil  etish  va

                  baholash bо‘yicha fikrlarini yoritadi, bu ishda agronomik va iqtisodiy masalalarga

                  alohida ahamiyat berish kerak. Ilmiy tadqiqot ishlarda о‘z xо‘jaligining faoliyati

                  natijalari  va  agronomik  kо‘rsatkichlarini  tuman,  viloyat  va  Respublikadagi  eng


                  yaxshi  xо‘jaliklarning  yutuqlari  bilan  solishtiradi.  Mehnatning  progressiv
                  usullariga innovatsion texnologiyalarni qо‘llanilishiga shuningdek, kamchiliklar va


                  ularning kelib chiqish sabablariga ham, alohida ahamiyat beriladi. Talaba xо‘jalik
                  ishini  kelgusida  yaxshilash  bо‘yicha  aniq  takliflar  va  kelgusida  amaliyotni


                  о‘tkazishhaqida о‘z fikrlarini bildirishi kerak. Hisobot rasmlar va jadvallar bilan

                  tо‘ldiriladi.

                        Amaliyot  yakuni  bо‘yicha  himoya  maxsus  kafedralar  vakillaridan  iborat

                  bо‘lgan komissiya oldida о‘tkaziladi. Shuningdek xо‘jalikdagi amaliyot rahbarlari

                  ham  taklif  etiladi.  Amaliyotni  baholash  yozma  hisobot,  tavsifnoma,  amaliyot

                  rahbari tomonidan berilgan taqriz va talabalarning amaliyothaqidagi ma’ruzasiga

                  asosan qо‘yiladi.
                                                              144
   139   140   141   142   143   144   145   146   147   148   149