Page 146 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 146

mahsulotlar sifatiga ta’sirini aniqlaydi.

                        Ayni  masalalarni  hal  qilishda  agrokimyo  fani  biologiya,  fizika,  kimyo,

                  matematika  kabi  aniq  fanlarga  suyangani  holda,  о‘zining  maxsus  tadqiqot

                  usullaridan foydalanadi.

                        Agrokimyoviy tadqiqotlar qо‘yilgan maqsad va vazifalaridan kelib chiqqani

                  holda laboratoriya, vegetatsiya, lizimetr va dala tajribalari kо‘rinishida amalga

                  oshiriladi.

                        Umuman  olganda,  har  qanday  ilmiy-izlanishlar  nazariy  yо‘l  bilan  yoki

                  eksperiment  shaklida  amalga  oshiriladi.  Agrokimyo  fanidagi  о‘rganiladigan

                  muammolarning  turli-tuman  va  murakkab  bо‘lishi  nazariy  tushunchalar  va

                  eksperimentlar  о‘rtasida  keskin  chegara  qо‘yishii  qiyinlashtiradi,  yoki

                  boshqacha  aytganda,  tadqiqotning  bu  ikki  turini  bir-biridan  ajratib,  yakkalab

                  о‘rganib bо‘lmaydi.

                        Agrokimyoviy  tadqiqotlarda  nazariy  fikr  va  mulohazalar  kuzatish  va

                  tajribalar uchun asos bо‘lishi bilan bir qatorda, eksperimentlarning natijalarini

                  umumlashtirish, nazariyaning rivojlanshiga turtki bо‘ladi.

                        Agrokimyo fani muayyan muammoning nazariy asoslarini ishlab chiqishda

                  ilmiy tadqiqotlarning kuzatish va tajriba kabi kо‘rinishlaridan keng foydalanadi.


                        Kuzatish  -  hodisaning  (masalan,  о‘simliklarning  rivojlanishi,  iqlim
                  elementlaridagi  о‘zgarishlar  va  h.k.)  tadqiqotchini  qiziqtirgan  tomonlarini


                  miqdor yoki sifat jihatidan hisobga olish, uning holati, belgisi yoki xossalarini
                  batafsil  qayd  qilib  borishdir.  Hodisaning  belgi  yokihossalarini  kuzatish  va


                  hisobga  olishda  о‘lchashning  turli-tuman  imkoniyatlaridan  foydalaniladi.
                  Masalan,  kuzatish  ishlari  ob-havoni  kuzatish  stansiyalarida  havo  va  tuproq


                  harorati,  yog‘in-sochin  miqdori,  shamolning  yо‘nalishi  va  kuchini  aniqlash,

                  dehqonchilikda  ekinlarning  begona  о‘tlar  bilan  ifloslanganlik  darajasini

                  belgilash,  tuproqdagi  namlik  va  oziq  moddalar  miqdorini  aniqlash  tarzida

                  amalga  oshirilishi  mumkin.  Barcha  hollarda  ham  kuzatish  bizga  hodisaning

                  miqdoriy  yoki  sifat  kо‘rsatkichlarini  kо‘rsatadi  xolos,  lekin  ularning


                                                              146
   141   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151