Page 150 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 150
Izohli lug‘at
Agrokimyo (yunon. agros - dala, arab. a1-kitiua) - qishloq xо‘jalik ekinlaridan
mо‘l va yuqori sifatli hosil yetishtirishda tuproq, о‘simlik va о‘g‘itlar о‘rtasidagi
munosabatlarni о‘rganadigan fan.
Adsorbsiya (lot. ad - о‘ziga, sorbere - yutmoq) — gazsimon muhit yoki eritmadagi
bironta moddani boshqa bir moddaning yuzasi orqali yutilishi.
Azot (yunon. a-inkor qilmoq, zoos - tiriklik) — kimyoviy element (belgisi N,
tartib rakami 7, atom og‘irligi 14,0067), oqsil, xlorofill va ayrim vitaminlarning
tarkibiy qismi; о‘simliklar oziqlanishida birinchi navbatda zarur element.
Alyumokaliyli achitqi - K 2SO 4A1 2(SO 4)z 24N 2O yoki KAl(SO 4) 212N 2O.
Ammiakli suv - ammiakning 25% li tо‘yingan eritmasi.
Anion (yunon. apa— yuqoriga, iop - boruvchi) — manfiy elektr zaryad
tashuvchi, elektr maydon orqali anodga qarab harakatlanuvchi ion.
Aeratsiya, tuproq aeratsiyasi (frans. ayeratiop yoki yunoncha ayer -havo) —
tuproq va atmosferadagi havo almashinuvi.
Bertole tuzi (ism) – KslO 3.
Bura - Na 2V 4O 7 10N 2O.
Buferlik, tuproqning buferligi (ingl. biffer — kuchsizlantiruvchi, oraliq) -kislota va
ishqorlar ta’sirida muhitning о‘zgarishiga tuproqlarning qarshilik kо‘rsatish
qobiliyati. Tuproqdagi kolloid va loyli fraksiyalar miqdoriga bog‘liq ravishda
о‘zgaradi.
Byuretka (frans. burette) — о‘lcham chiziqlari tushirilgan shisha nay. Kichik
miqdordagi suyuqliklarni о‘lchashda ishlatiladi.
Bо‘r (arab. buroq - oq) — mikroelement о‘simliklarda uglevod, о‘stirish
stimulyatorlari va reproduktiv organlarning shakllanishiga shuningdek, ularning
о‘sishi, oqsil almashinuvi va fermentlar tarkibiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.
150