Page 152 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 152
Diagnostika, о‘simliklar oziqlanishining tashxisi (yunon. dinosticos — farqlash) —
о‘simliklarning oziq elementlar bilan ta’minlanganligini aniqlash. Tashxisning
vizual (nigohiy) va kimyoviy usullari mavjud.
Dispersion tahlil (lot. dispersus - yoyilgan, sochilgan) eksperiment natijalarini
takrorliklar, variantlar tasodifiy xatolar bо‘yicha ajratib tahlil qilish usuli.
Dolomit - SaSO 3 MgSO 3.
Izolyatsiyalangan muhit ekinlari (frans. isolation — yakkalash) - о‘simlik ildizini
tutamlarga ajratib, turli tarkibli oziq aralashmalarga tushirib, oziqlanishini
о‘rganish; ildiz ajratmalarining tarkibi, ionlar antagonizmi va boshqa masalalarni
о‘rganishda qо‘llaniladi.
Izotoplar (yunon. isos-о‘xshash, bir xil, topos - joy) —kimyoviy elementning yadro
zaryadi bir xil, turli atom og‘irlikka ega, bir-biridan kimyoviy xususiyatlari bilan
farq qilmaydigan va elementlar davriy jadvalida bitta о‘rinda joylashadigan
atomlari.
Ildiz tizimining sintezlash faoliyati — о‘simliklar ildiz tizimida kimyoviy tarkibi va
sifati jihatidan turli-tuman murakkab organik birikmalarning sintezlanishi.
Immobilizatsiya, oziq moddalarning muqimlanishi (lot. immobilis— muqim,
qо‘zg‘almas)- tuproqdagi oziq moddalarning о‘simliklar oson о‘zlashtiradigan
shakldan qiyin о‘zlashtiradigan shaklga utishi.
Indikator (lot. indicator — kо‘rsatgich, kо‘rsatuvchi) — eritma rangining о‘zgarishi
yoki chо‘kma tushishi bilan reaksiya tugaganligini kо‘rsatuvchi modda.
Indikator usul-«nishonlangan atomlar» usuli — Oziq modda tarkibiga elementning
radioaktiv yoki barqaror izotogashi kiritish va maxsus asboblar yordamida
ularning о‘simlik tanasidagi harakatini kuzatish usuli.
Ionlar antagonizmi, ziddiyati (yunon. aptagonisma — bahs, kurash) — mineral
oziqlanish jarayonida bir ionni ikkinchisining о‘simlik ildiziga kirishiga
+
tо‘sqinlik qilishi. Masalan, H ning ildizga ortiqcha miqdorda sо‘rilishiga Sa 2+
qarshilik kо‘rsatadi.
152