Page 148 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 148
Adabiyotlar ustida ishlash -Tadqiqot maqsadini tо‘g‘ri belgilash uchun ayni
muammoga oid adabiyotlar bilan chuqur tanishish lozim. Buning yana muhim
tomoni tadqiqotlarning takrorlanishi yoki avval о‘rganilgan mavzuga qayta qо‘l
urilishining oldini olishdir. Adabiyotlar bilan tanishish ishchi taxminni tuzish,
dolzarbligini anglash, tadqiqotlardagi yangilikni kо‘rsatish, eksperimentlar
dasturi va uslubiyotini tanlash imkonini beradi.
Ishchi gipoteza - о‘rganilayotgan jarayondan olinadigan natijalar va
qonuniyatlarni keltirib chiqaradigan, asoslaydigan va tushuntirib beradigan
sabablarni aniqlash uchun tuziladigan taxmin. U izohlanadigan umumnazariy va
amaliy mulohaza va mushohadalarga tо‘la mos kelishi, mantiqan sodda va oson
qiyoslanadigan holatda bо‘lishi lozim.
Mavzuning dolzarbligi -uning о‘rganilganlik darajasini ifodalashi va
masalaning yechimi uchun kerak bо‘ladigan masalalarni о‘zida
mujassamlashtirishi kerak.
Izlanishlardagi yangilik - deganda, tadqiqotlar jarayonida olinishi lozim
bо‘lgan yangi ma’lumotlar tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi. Bu bо‘limda tadqiqotning
barcha vazifalari takrorlanmasdan eng asosiylari atab о‘tiladi.
Tadqiqotning nazariy yoki amaliy ahamiyati mavzusi asosida olinadigan
natijalar ishlab chiqarish yoki fan yо‘nalishiga qanday foyda berishini о‘zida
ifodalaydi.
Ishchi dastur - eksperimentni bajarish yо‘l-yо‘rig‘ini о‘zida
mujassamlashtiradigan xujjat. Dastur о‘z ichiga tadqiqot vazifalariga tо‘la mos
keladigan barcha eksperimental va nazariy aspektlarni oladi. Tajriba dasturi
chuqur о‘ylanishi, о‘zida tajriba tizimi, kuzatish va tahlillarni amalga oshirish
shart-sharoitlari, eksperimentni yо‘lga qо‘yish va о‘tkazish uslubiyotini ifoda
qilishi, hamda tarkibiga kuzatish va laboratoriya sharoitida bajariladigan
analitik ishlar mazmunini shuningdek, olinadigan natijalar tahlili, yakun va
xulosalarni olishi kerak.
148