Page 154 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 154

Korrelyatsion  tahlil  —  belgilar  о‘rtasidagi  bog‘liqlik  darajasi  yoki  shaklini

                  kо‘rsatuvchi statistik usul.

                  Koeffitsiyentlar (lot. so, sop - birgalikda, effeciens - yaratuvchi):

                  variatsiya koeffitsiyenti - belgining о‘zgaruvchanligini nisbiy kо‘rsatkichi. Andaza

                  og‘ish (S)ning arifmetik qiymatga nisbatining % larda ifodalanishi. V xarfi bilan

                  ifodalanadi.

                  determinatsiya  koeffitsiyenti  (d ux)-  ayni  hodisada  о‘rganilayotgan  omilga

                  bog‘liq ravishda rо‘y beradigan о‘zgarishlarning % larda ifodalanishi.

                  korrelyatsiya koeffitsiyenti — bog‘lanish darajasi (kuchi)ning statistik kо‘rsatkichi,

                  r harfi bilan ifodalanadi.

                  oksidlarni oziq elementiga aylantirish koeffitsiyentlari -                        R 2O 5

                  =0,4364R;  K 2O  =0,8301K;  SaO  =0,7147Sa;  SaSO 3  =0,4004Sa;  M$O

                  =0,6031Mg.

                  о‘simlikning о‘g‘it tarkibidagi oziq moddalardan foydalanish koeffitsiyenti - hosil

                  bilan olib ketilgan sof modda miqdorining о‘g‘it bilan tuproqqa tushgan yalpi sof

                  modda miqdoriga nisbati.

                  Kristallizatsiya suvi - kristallogidratlar tarkibidagi suv.

                  Lyoss — (nem. Loss) - loy, qum, kalsiy karbonat va turli arashmalar (temir


                  gidroksid, slyuda va boshqa)larning mayda zarralaridan tarkib topgan tog‘ jinsi.
                  Lizimetr - (yunon. lusis — parchalanish, erish va tetreo -о‘lchayman) - tabiiy


                  tuproq  sharoitlariga  yaqin  holatda  suvning  tuproqdagi  harakatita  bog‘liq
                  bо‘lgan jarayonlarni о‘rganishda qо‘llaniladigan moslama.


                  Lotin      kvadrati      —      dala     tajribasida     variantlarni      joylashtirishning
                  rendomizatsiyalangan  usuli;  har  bir  qator  va  ustunda  variantlar  tо‘la  joylanishi


                  lozim  (4x4;  5x5;  6x6  va  h.k).  Joylashtirishning  bu  usulida  variantlar  va

                  takrorliklar soni bir-biriga teng bо‘lishi kerak.

                  Lyapis  (lat.  Laris  -  kamen)  —  kumush  nitrat  (AgNOz).  Agrokimyoda

                  о‘g‘itlarni farqlash reaksiyalarida qо‘llaniladi.





                                                              154
   149   150   151   152   153   154   155   156   157   158   159