Page 159 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 159
Tuproq reaksiyasi — (lot. re - qarshi, astio — harakat) — tuproq eritmasida
vodorod va gidroksil ionlarining mavjudligi va nisbati natijasida yuzaga kelib,
eritmadagi vodorod ionlari faolligining manfiy logorifmi —rN bilan
xarakterlanadigan kattalik.
Tuproqning oziq rejimi, oziq tartibi (frans. regime — aniqlangan) - tuproqdagi
о‘simliklar о‘zlashtira oladigan oziq elementlarini butun о‘suv davri
mobaynida о‘zgarib turishi.
Tuproq oziq moddalarining mobilizatsiyasi (frans. Mobilization lot. Mobilis -
harakatchan) - mikroorganizmlar hayot faoliyati, ildiz ajratmalari va agrotexnik
tadbirlar ta’sirida oziq moddalarning murakkab shakldan о‘simlik oson
о‘zlashtiradigan shaklta о‘tishi.
Tuproqsiz muhitda yetishtiriladigan ekinlar - mayda shag‘al, qum, suv va
atmosfera havosida, tuproqsiz yetishtiriladigan ekinlar.
Tuiroqni fumigatsiyalash (lot. fitigare — tutatmoq) — о‘simlik zararkunandalarini
yо‘qotish uchun tuproq qatlamiga zaharli gaz, bug‘ va tutun yuborish.
Fenologik kuzatishlar (yunon. phaino - hodisa, 1ogos - ta’limot) - о‘simliklardagi
rivojlanish davrlarining kechishini ilmiy va xо‘jalik maqsadlarda hisobga olish.
Filtr (frans. filtre - kiygiz) — eritmalarni loyqa va boshqa muallaq zarrachalardan
tozalashda ishlatiladigan vosita, asbob yoki modda. Agrokimyoviy taxdilda
kо‘proq qog‘oz filtrlardan foydalaniladi.
Foiz, protsent — (lot. rro septit — yuzdan bir) - qandaydir miqdor yoki sonning
% belgisi bilan kо‘rsatilgan yuzdan bir qismi.
Formalin (lot. formica (asiditas) — chumoli kislota) — formaldegidning suvli (40%)
eritmasi; agrokimyoda о‘gitlar tarkibidagi ammiak shakldagi azot miqdorini
aniqlashda qо‘llaniladi.
Fosfor (yunon. phos - yorug‘lik, rhoros - tashuvchi) — nuklein kislotalar, fitin,
fosfatidlar tarkibiga kiradigan, о‘simliklardagi uglevodlar almashinuvi, qandlar
va kraxmal tо‘planishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatuvchi element.
Fosforit talqoni — Sa 3(RO 4) 2
159