Page 160 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 160
Xaritanoma, agrokimyoviy xaritanoma (yunon. shartes — varaq) —
tuproqlarning oziq elementlar (azot, fosfor, kaliy) bilan ta’minlanganligini
kо‘rsatuvchi xarita.
Xelatlar (yunon. shele - changak) - organik moddalarning metallar bilan hosil
qiladigan birikmalari.
Xlor (yunon. shloros — yashiltob-sariq) — galogenlar oilasiga mansub kimyoviy
element. Tabiatda erkin holatda uchramaydi, о‘simliklar tarkibida butunning
mingdan bir ulushidan bir necha foizgacha bо‘ladi.
Xloroz — tuproqda temir yetishmasligi va boshqa sabablar bilan о‘simlikda rо‘y
beradigan kasallik (barglar sarg‘ish tusga о‘gadi).
+
Xromli aralashma -N2SO4(kons.) K2Sr2O7 (tо‘yin,er.ma)(1:1).
Sentrifuga (lot. septrum — markaz, fuga - qochish) - markazdan qochma kuch
ta’sirida aralashmani tarkibiy qismlarga ajratuvchi asbob. Tahlil chog‘ida
suyuqliklardash muallaq zarrachalarni chо‘ktirishda qо‘llaniladi.
Shonalash — о‘simliklarning rivojlanish davrlaridan biri. Bunda g‘о‘za va
boshqa ekinlarning shoxlarida g‘unchalar paydo bо‘ladi.
Shpatel (nem. Srate1 - kurakcha) — tuproq va о‘simlik namunalarini olishda
ishlatiladigan moslama.
Shtativ (lot. stativus; — tik turuvchi) — laboratoriya asboblarini mahkamlash
uchun taglik.
Shoh arog‘i – HNO 3(kons,) + NS1 (kons) (1:3 hajm).
Ekvivalent (lot. ayequivalens — teng kuchli, teng qiymatli) - elementning bir
og‘irlik qism vodorod bilan birika oladigan yoki uning о‘rnini bosadigan
miqdori.
Eksikator (lot. yexsiccare - quritgich) — kimyoviy laboratoriyalarda
prenaratlarni suvsizlantirish va quruq holatda saqlash uchun ishlatiladigan asbob.
Eksperiment (lot. yexreriteptut — tajriba, sinov) — hodisani tо‘la hisobga olish va
undagi sharoitlarni aynan takrorlab, kuzatish uchun qо‘yiladigan ilmiy tajriba.
160