Page 158 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 158

Tajriba  varianti  -  о‘rganiladigan  о‘simlik,  nav,  yetishtirish  sharoiti,

                  agrotexnikaviy tadbir yoki ularning majmui.

                  Tajriba ishlari uslubiyati — variant va takrorliklar soni, bо‘lmalarning yuzasi,

                  shakli  va  yо‘nalishi,  variant,  takrorlik  va  bо‘lmalarni  joylashtirish  tizimi  va

                  natijalarning. statistik tahlili majmui.

                  Tajriba  tizimi  -  bir-biridan  о‘rganilayotgan  faktorning  о‘zgarishi  bilan  farq

                  qiladigan ma’lum sondagi variantlar yig‘indisi.

                  Tajribaning  haqqoniyligi  —  tajriba  tizimi  va  tajriba  uslubiyatini  tо‘g‘ri

                  rejalashtirilishi va amalga oshiriliish.

                  Takrorlik — tajriba tizimida tо‘la variantlar tо‘plamini о‘z ichiga olgan maydon.

                  Talk - ZMgO-4SiO 2N 2O.

                  Tasodifiy  (rendomizatsiya)  takrorliklar  usuli  —  tajribadagi  variantlarni

                  bо‘lmalarga  tasodifiy  sonlar  yoki  qur’a  tashlash  tartibida  joylashtirish.

                  Variantlarni joylashtirishda keng qо‘llaniladigan usul. Temir kuporosi - G‘yes0 4


                  7N 2O.
                  Termostat (yunon. thermos — issiq va yunon. statos — turuvchi, saqlanuvchi) - turli


                  predmetlarni  о‘zgarmas  haroratda  tutib  turish  uchun  ishlatiladigan  asbob.
                  Kо‘pincha laboratoriya maqsadlari va texnikada qо‘llaniladi.


                  Tigel (nem. Tiegel) - olovga chidamli materiallar (chinni, loy, grafit, platina va

                  boshqa)dan  tayyorlanadigan  maxsus  idish.  Tigel  turli  moddalarni  eritish,

                  kuydirish va qotishmalar hosil qilishda qо‘llaniladi.

                                                            3
                  Titr  (frans.  titre)  —  eritmaning  1sm   hajmida  mavjud  bо‘lgan  qandaydir  modda
                  miqdori.

                  Tuproq  tahlili  —  tuproqlarning  tarkibi  va  xususiyatlarini  aniqlash;  о‘simliklarni

                  tо‘g‘ri oziqlantirish va о‘g‘itlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

                  Tuproq  burg‘isi  —  agrokimyoviy  tahlil  uchun  tuproqning  turli  qatlamlaridan

                  namunalar  olishda  qо‘llaniladigan,  uchiga  о‘tkir  pichoq  о‘rnatilgan  asbob.

                  Ishlash prinsipiga kо‘ra burab va urib kiritiladigan burg‘ilar farqlanadi, amalda

                  burab kiritiladigan burg‘ilar keng ishlatiladi.


                                                              158
   153   154   155   156   157   158   159   160   161   162   163