Page 135 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 135
     Kasrli  va  umumlashtirish  metodi  maydon  hosillari  bir  biridan  mustaqil,
                  ularning  variatsiyasida  sistemali  xatolik  bilan  kelib  chiqadigan  о‘zoro  bog‘liqlik
                  bо‘lmaganida qо‘llaniladi. Bu sharoitlarga kо‘pincha vegetatsion tajribalar javob
                  beradi,  chunki  bunda  paralel  idishlardagi  hosil  sistemali  emas,  balki  tasodifiy
                  xatolar bilan bog‘liq bо‘ladi.
                        Kasrli va umumlashtirish metodlari sistemali xatoni aniqlay olmagani uchun,
                  bu xato mavjud bо‘lgan maydonlarda ularni qо‘llanishi ma’lumotlarni xaqiqatdan
                  uzoqlashishiga olib keladi. Bundan tashqari kо‘p variantli tajribalarni kasrli metod
                  bilan  qayta  ishlash  murakkab  hisoblanadi,  Chunki  bu  metodda  solishtirilayotgan
                  ixtiyoriy  ikki  о‘rtacha  arifmetik  miqdorlarning  farqi  xatoligi  va  bu  farq
                  xaqqoniyligini aloxida topish talab etiladi. Misol uchun 6 ta variantli tajribada, 6
                  xil  turli  xatoliklar  topiladi,  bir  variantni  boshqasi  bilan  taqqoslashlar  soni  15  ga
                  teng bо‘ladi. Bundan kelib chiqib, agar barcha variantlarni juft juft qilib taqqoslash
                  extiyoji  tug‘ilganda,  6  ta  xatodan  tashqari,  15  ta  arifmetik  о‘rtachalar  orasidagi
                  farqlar xatoligini m D  va farqlarning xaqqoniyligini – t ( D/ m D) ni aniqlash kerak
                  bо‘lar  edi.  Bunday  kelib  chiqib,  о‘rtachalar  xatoliklarini  har  bir  variant  uchun
                                                                               
                  aloxida emas, balki butun tajriba uchun umumlashtirib hisoblash kerak.
                        Biroq amaliyotda aksariyat xollarda, kо‘p variantli hosil ma’lumotlarini kasrli
                  metod  bilan  qayta  ishlash  uchrab  turadi.  Bunda  har  bir  variant  uchun  M±m
                  keltiriladi, ya’ni M- ma’lum bir variant о‘rtacha arifmetigi, m- uning xatoligi. Bu
                  bilan odatda hosil ma’lumotlarini qayta ishlash yakunlanadi. Kо‘rinib turganidek,
                  tajriba  variantlari  о‘rtacha  arifmetiklari  orasidagi  farqlarning  xatoligi  xaqida
                  gapirmasa  xam  bо‘ladi.  Kasrli  metodda  ixtiyoriy  taqqoslanayotgan  variantlar
                  farqlari  xatoligini  va  farqlar  xaqqoniyligini  aniqlash  uchun  quyida  keltiriladigan
                  hisoblashlarni amalga oshirish kerak.
                        Yuqorida keltirilgan ikki asosdan shuni aytish mumkinki, kasrli metod, kam
                  sonli  variantlarga  ega  (2-4)  vegetativ  tajribalarda  qо‘llanilishi  ma’qul.  Dala
                  tajribalari  ma’lumotlarini  kasrli  metod  bilan  qayta  ishlash  maqsadga  muvvofiq
                                                              135





