Page 123 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 123
     laboratoriyaga  yuboriladi,  ikkinchisi  esa,  har  ehtimolga  qarshi,  arbitraj  tahlili
                  uchun olib qо‘yiladi.
                        О‘g‘itlar  andaza  sifatida  qabul  qilingan  usullar  bilan  tahlil  qilinadi.
                  Tahlillarni bajarish tartibi maxsus adabiyotlarda batafsil bayon qilinganligi bois,
                  ular  ichidan  keng  tarqalganlarining  mohiyatini  qisqacha  ochib  berish
                  maqsadga muvofiqdir.
                        Azotli  о‘g‘itlar.  Deyarli  barcha  azotli  о‘g‘itlar  suvda  oson  erishi  sababli
                  kimyoviy  tahlilda  ularning  eritmalari  ishlatiladi.  Azotli  о‘g‘itlar  tarkibidagi
                  azotning shakliga kо‘ra ammiakli, nitratli, ammiakli-nitratli va amidli bо‘ladi.
                        Natriyli va kalsiyli selitralar tarkabidagi azot tо‘laligicha  nitrat  shaklda
                  bо‘lib, uning miqdorini aniqlashda kо‘proq Devard usuli qо‘llaniladi. Usulning
                  asosida mis, rux va alyuminiy qorishmasining ishqoriy eritmasida nitratlarning
                  ammiakka qadar qaytarilishi yotadi. Hosil bо‘lgan ammiak Kyeldal apparatida
                  haydaladi va sulfat kislotaning aniq о‘lchangan mikdori bilan titrlanadi. Uning
                  ortiqcha mikdori о‘yuvchi natriy yordamida qayta titrlash asosida aniqlanadi.
                  Bog‘langan  sulfat  kislota  mikdori  asosida  azotning  %  larda  ifodalangan
                  mikdori hisoblab topiladi. Aniqligi yuqori bо‘lgani bois, Devard usuli andaza
                  usul sifatida qabul qilingan.
                        Ulsh  usulida  nitratlar  nordon  eritmada,  qaytirilgan  temir  yordamida
                  ammiakga qadar qaytarilishi bilan yuqoridagi usuldan farq qiladi.
                        О‘g‘itlarni  quritish  shkafida  100-110°S  haroratda  doimiy  og‘irlikkacha
                  quritish asosida namligi aniqlanadi.
                        Erimaydigan chо‘kma esa ma’lum hajmdagi suvli sо‘rimni avvaldan quritib,
                  tortib qо‘yilgan g‘ovak tubli tigel orqali filtrlash, uni qaynoq suv bilan yuvish
                  va  105°  haroratda  doimiy  og‘irlik  qaror  topgunga  qadar  quritish  yо‘li  bilan
                  topiladi.
                        Ammiakli selitra о‘z tarkibida azotning ikki shaklini (nitratli va ammiakli)
                  tutadi. Bu о‘g‘it tarkibidagi azot miqdorini aniqlashda formalni usuli andaza
                  sifatida  qabul  qilingan.  Usul  ammiakning  formalin  bilan  ma’lum  mikdorda
                                                              123





