Page 115 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 115
Bargning yalpi tahlilini amalga oshirishda namunalar quritiladi,
maydalanadi va idishlarda saqlaiadi. О‘simliklar tahlili kul elementlar va
azot miqdorini aniqlashning odatdagi usullari bilan amalga oshiriladi.
Tashxis maqsadida о‘tkaziladigan barglar tahlilida о‘simlik tarkibidagi
oziq elementlarning miqdorigina emas, balki ularning nisbatiga ham e’tibor
beriladi (12-jadval).
12-jadval
О‘simlik barglarining tahlili asosida ularning о‘g‘itga extiyojini belgilash
(V.V.Serling, 1965).
N% N/P2O5 P2O5(%) N/P2O5 K2O(%) K2O/N
bо‘lganda, о‘simliklar
Azotli Fosforli Kaliyli
О‘g‘itlarga ehtiyoj sezmaydi
Suli, naychalash davrida
>4,2 6,0 dan yuqori >1,0 4,0 dan kam >4,2 1,2 dan yuqori
Suli, boshoqlash davrida
>2,2 5,5 dan yuqori >0,7 3,0 dan kam >2,2 1,0 dan yuqori
Bahorgi bug‘doy, naychalash davrida
>4,3 6,8 dan yuqori >0,9 4,2 dan kam >4,8 1,2 dan yuqori
Bahorgi bug‘doy, boshoqlash davrida
>2,2 6,8 dan yuqori >0,4 3,7 dan kam >2,5 1,0 dan yuqori
Tо‘qima tashxisi. Bu usulda о‘simliklarning о‘tkazish tizimi yaxshi
shakllangan qismlari (barg bandlari, poyalar) tahlil qilinadi. О‘simlik
namunalarini olish kо‘proq rivojlanishning boshlang‘ich davrlarida amalga
oshiriladi. Tо‘qima tashxisi turli usullarda (Nikolas, Virjiniya, Ulrix va b.)
amalga oshirilishi mumkin.
Ildiz shirasi (pasoka)ni D.A.Sabinin usulida tahlil qilshi. О‘simlik poyasi
kesilganda yoki jarohatlanganda ildiz shirasi ajralib chiqadi. Uni
aniqlashning tartibi quyidagicha: о‘simlik poyasi yer yuzasidan 1,5-2,0 sm
115