Page 112 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 112
Tuproq tortimi Konvey kosachasining tashqi bо‘lmachasiga
joylashtiriladi, ichki bо‘lmachasiga esa 2% li bо‘rat kislota va Groag indikatori
quyiladi. Ehtiyotkorlik bilan tashqi bо‘lmachaga NaOH ning 1 n. li eritmasi
quyiladi va usti shisha qopqoq bilan yopiladi. Aylanma harakat asosida kosacha
1 daqiqa chayqatiladi va 48 soat davomida 28 darajali termostatda saqlanadi.
Kosacha termostatdan olingach, bо‘rat kislota tomonidan yutilgan ammiak
miqsori 0,02 n. li sulfat kislota eritmasi bilan titrlash asosida aniqlanadi.
Nitrat shakldagi azot miqdorini aniqlash. Oson eriydigan shaklda bо‘lganligi
sababli tuproqdagi nitratlar suv yordamida siqib chiqariladi. Suvli sо‘rim
tarkibidagi nitratlar miqdori Grandval-Lyaju usulida, kolorimetrlash asosida
aniqlanadi. Usul nitratlarning disulfofenol kislota ta’sirida ishqoriy muhitda
sariq tusli nitrobirikma-S 6N 2(NO 2) 2OK ni hosil qilishiga asoslangan. Suvli sо‘rim
tayyorlash uchun tuproq va suv 1:5 nisbatda olinadi. Usulning kamchiligi sifatida
eritmani bug‘latish uchun kо‘p vaqt sarflanishini kо‘rsatish mumkin.
Tezkor (ekspress) usulda aniqlash uchun Moskvadagi V.V.Dokuchayev
nomidagi Tuproqshunoslik instituti olimlari tomonidan nitratlarni 0,05% li
K 2SO 4 eritmasi bilan siqib chiqarish va bug‘latib о‘tirmasdan, disulfofenol
kislota qо‘shib, kolorimetrik usulda aniqlash tavsiya etilgan.
Harakatchan fosforni aniqlash. Tuproqlarning tipi, xossa-xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda harakatchan fosfor miqdorini aniqlash uchun turli usullar
qо‘llaniladi. Masalan, A.T.Kirsanov usulida tuproqdan R 2O 5 ni siqib chiqarish
uchun NS1 ning 0/2 n. li, Egner-Rim usulida kalsiy laktatning 0,04 n. li,
F.V.Chirikov usulida sirka kislotaning 0,5 n. li, O.G.Oniani usulida esa sulfat
kislotaning 0,1 n. li, Arrenius usulida limon kislotaning 1% li va B.P.Machigin
usulida ammoniy karbonatning 1% li eritmasi ishlatiladi.
Sо‘rim tayyorlashda tuproq va eritma nisbati 1:20 ni, harorat esa 20-30
darajani tashkil etishi lozim. Olingan sо‘rim organik moddalar ta’sirida
bо‘yalgan bо‘lsa, avval rangsizlantiriladi va tegishli reaktivlarni qо‘shib,
tarkibidagi fosfor kolorimetrik usulda aniqlanadi.
112