Page 105 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 105
1V. Konsentrlangan va oddiy о‘g‘itlar samaradorligini taqqoslash uchun
dala tajribasining tahminiy tizimi quyidagi kо‘rinishda bо‘ladi:
1) о‘g‘itsiz (nazorat); 2) NPK (oddiy о‘g‘itlar aralashmasi: ammiakli selitra,
oddiy superfosfat, kaliy tuzi); 3) NPK 2-variantga ekvivalent miqdorda
konsentrlangan о‘g‘itlar aralashmasi: mochevina, qо‘sh superfosfat, kaliy xlorid;
4) Ammofos+NK (oddiy о‘g‘itlar aralashmasi); 5) Qо‘sh superfosfat+NK (oddiy
о‘g‘itlar aralashmasi).
О‘g‘it me’yorlari bо‘yicha. О‘g‘it turlari va shakllari о‘rganiladigan dala
tajribalarida mineral о‘g‘itlar о‘rtacha me’yorda qо‘llaniladi. Respublikamizda
о‘g‘it ta’minoti yildan-yilga yaxshilanib borayotgan bо‘lsada, qishloq xо‘jaligining
о‘g‘itga bо‘lgan ehtiyoji tо‘la qoplandi deb aytib bо‘lmaydi. Shu sababdan ham
о‘g‘itlarning har bir kilogrammini tejab-tergab ishlatish muhim vazifa hisoblanadi.
Turli ekinlarning о‘g‘itga bо‘lgan talabchanligini faqat о‘g‘it me’yorlari ustida
dala tajribalarini о‘tkazish asosida hal qilinadi.
О‘g‘it me’yorlari ustida о‘tkaziladigan dala tajribalarida uchta muammo
qо‘yilishi mumkin:
1. О‘g‘itning qaysi me’yorida oziq modda birligi maksimal samaradorlikni
namoyon qiladi?
2. Qaysi о‘g‘it me’yorida hosildorlik eng yuqori kо‘rsatkichga ega bо‘ladi?
3. Qaysi о‘g‘it me’yori xо‘jalik nuqtai-nazaridan foydali hisoblanadi?
О‘g‘it me’yorlarini о‘rganiladigan tajribalarlarda fonni tо‘g‘ri tanlash muhim
ahamiyatga ega. Olinadigan natijalarni taqqoslash uchun tajriba tizimiga о‘g‘itsiz
(nazorat) variant kiritiladi. Bu borada qandlavlagi ustida о‘tkazilgan mumtoz dala
tajribasi tizimini keltirish maqsadga muvofiqdir.
1.Nazorat (о‘g‘itsiz) 7.N 60 P 90 K 60
2.R 60 K 60 8.N 60 P 120 K 60
3.N 60 P 60 9.N 80 P 120 K 60
4.N 60 K 60 10.N 90 P 60 K 60
5.N 60 P 60 K 60 11.N 60 P 60 K 90
105