Page 98 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 98

Kichik  yuzali  maydonchalada  о‘g‘it  berish  moslamasinini  sozlash  qiyin

                  bо‘lgani bois kichik va о‘rtacha bо‘lmali dala tajribalarida mineral о‘g‘itlar qо‘lda

                  beriladi.

                        Beriladigan о‘g‘itlar texnik tarozilar yordamida tortib olinadi hamda xaltacha

                  yoki  qutilarga  joylanadi.  Har  bir  idish  ustiga  variant  raqami  yoziladi  va

                  variantlarga tarqatib chiqiladi. О‘g‘it sochish oldidan yana bir tekshirib, о‘g‘itlar

                  tegishli variantlarga qо‘yilganiga ishonch hosil qilinadi. О‘g‘it berishda har doim

                  idishning tubida ma’lum miqdorda о‘g‘it qoldiriladi chunki qolgan о‘g‘itni variant

                  maydoniga qayta sochib chiqish mumkin. Aksincha, о‘g‘itning variant bо‘ylab bir

                  tekis sochilmasligi natijasida tajribani bekor qilishga tо‘g‘ri keladi.

                        Rejalashtirilgan  gо‘ng  me’yori  birinchi  navbatda  yaxshilab  maydalanadi  va

                  belkurak  yordamida  yaxshilab  aralashtiriladi.  Tortib  olingan  gо‘ng  dalaga  bir

                  tekisda sochiladi.

                        О‘g‘itlar  ustida  amalga  oshiriladigan  dala  tajribalarida  yerni  haydashga

                  alohida  e’tibor  beriladi.  Haydaganda  tuproq  yuzasining  chog‘ida  baland-past,

                  о‘ydim-chuqur bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Tajriba variantlariga berilgan о‘g‘itlar

                  aralashib,  bir-biriga  о‘tib  ketmasligi  uchun  haydash  variantlarning  uzunligiga

                  nisbatan  kо‘ndalang  holatda  amalga  oshiriladi.    Dala  tajribasining  barcha


                  variantlarida  haydash  bir xilda, bir  paytda  va  yuqori saviyada amalga oshirilishi
                  talab etiladi.


                        Ekish.  Ekishning  talab  darajasida  о‘tishi  ekish  texnikasining  holati  va
                  urug‘ning sifatiga bog‘liq. Barcha tajribalarda ekish me’yori urug‘ning massasiga


                  emas, balki unuvchan urug‘lar soniga qarab belgilash lozim.
                        Dala tajribalarida ekish bir kunning о‘zida tugallanishi shart. Tadqiqotlarning


                  natijalari,  ekish  muddati  4-6  soat  farq  qilgan  ikkita  variantdagi  hosil  1-2  s  farq

                  qilgishini kо‘rsatgan.

                        Ekishni  qо‘lda  bajarilganda  urug‘larning  iloji  boricha  bir  xil  chuqurlikka

                  tushishiga alohida e’tibor beriladi.





                                                               98
   93   94   95   96   97   98   99   100   101   102   103