Page 93 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 93
11-rasm. Dala tajribasida takrorliklarni joylashtirish usullari:
a, b, v-yig‘ma; g-sochma.
3.8. Tajriba bо‘laklarining yо‘nalishi va shakli.
Tadqiqotlarning haqqoniyligi kо‘p jihatdan tajriba bо‘lakchalarining
yо‘nalishiga bog‘liqdir. Tajriba bо‘lakchalari tuproq unumdorligining о‘zgarib
borish yо‘nalishida joylashtirilsa, taqqoslanadigan variantlar tо‘g‘ri joylashgan
hisoblanadi. Shunday yо‘l tutilganda, barcha variantlar bir xil sharoitga tushadi.
Bо‘lakchalarning boshqa har qanday yо‘nalishida joylashtirilishi tajriba
natijalariga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. (12-rasm).
Unumdorlik jihatdan bir jinsli yoki shunga yaqin maydonlarda qо‘yiladigan
tajribalarda bо‘lakchalarning yо‘nalishi tadqiqot natijalariga sezilarli ta’sir
kо‘rsatmaydi.
Tajriba bо‘lakchalarining shakli deganda, ularning uzunligining eniga nisbati
tushiniladi. Tomonlar nisbati 1 (5 x 5 m; 10 x 10 m;) ga teng bо‘lsa, tajriba
bо‘lakchasi kvadrat shaklda, 1 dan katta 10 dan kichik bо‘lsa, tо‘g‘ri tо‘rt burchak,
10 dan katta bо‘lsa, chо‘zinchoq hisoblanadi.
93