Page 88 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 88
tadan kо‘p bо‘lishi, tabiiyki, tajriba maydoni yuzasining oshishiga, bu esa о‘z
navbatida xatoliklar salmog‘ining oshishiga sabab bо‘ladi.
Dala tajribasida variantlarni joylashtirish о‘ta muhim va asosiy tadbirlardan
biri hisoblanadi. Umuman olganda, variantlarni joylashtirishning uchta usuli
mavjud:
andazali (standart);
tizimli (sistemali);
tasodifiy rendomizatsiya.
Bu usullarda joylashtirish 2-rasmda о‘z ifodasini topgan.
9-rasm. Dala tajribasida variantlarni joylashtirish usullari:
a) andazali; b) tizimli; v) rendomizatsiyali.
Andazali usulning о‘ziga xos tomoni har 1-2 ta tajriba variantidan keyin
albatta andaza (standart) variantning joylashtirilishidadir. Bu usulda
joylashtirishning yaxshi va yomon tomonlari mavjud bо‘lib, rasmda kо‘rinib
turganidek, tajriba maydoni yuzasining oshib ketishi tadqiqotchidan kо‘p kuch-
g‘ayrat talab qiladi. Yaxshi tomoni har ikki tajriba variantidan keyin andaza
variantni joylashtirib, ularning natijalari о‘zaro taqqoslaganda, tuproq
88