Page 83 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 83

10-jadval
                                                    Bir omilli dala tajribalari
                   Variant         G‘о‘za navlari          G‘alla urug‘ini ekish         О‘g‘it me’yorlari
                                        ustida                 me’yori ustida                   ustida
                  1                     108-F                      3,0 mln.                    О‘g‘itsiz

                  2                    S-4727                      4,0 mln.                   N 90R 90K 90
                  3                   G‘olib -1                    5,0 mln.                  N 120R 120K 120
                  4                  Toshkent-1                    6,0 mln.                  N 150H 150R 150
                  5                   Buxoro-6                     7,0 mln.                   N 60R 60K 60


                        Kartoshka ustida о‘tkazilgan dala tajribasida faqat mineral о‘g‘itlarni qо‘llab,

                  120 s/ga, faqat gо‘ng qо‘llanilganda 110 s/ga qо‘shimcha hosil olingan. Mineral

                  va mahalliy о‘g‘itlar birgalikda berilganda, qо‘shimcha hosil gektaridan 180 s/ga

                  ni tashkil qilgan. Bu holda о‘zaro ta’sir samarasi:

                        180-(120+110)  =  -50  s/ga  ni  tashkil  qiladi  yoki  boshqacha  aytganda,

                  omillarning о‘zaro ta’sir samarasi - salbiydir.

                        Tajriba  ishlari  uslubiyotida  tо‘la  omilli  tajriba  degan  tushuncha  mavjud

                  bо‘lib,  unda  о‘rganiladigan  omillar  iloji  boricha  barcha  muvofiqlik  va

                  gradatsiyalarda olib kо‘riladi. Lekin о‘z ichiga bir nechta omilni oladigan barcha

                  tajribalarni tо‘la omilli tajriba deb bо‘lmaydi.

                        Masalan, ikkita omil ikkita muvofiqlikda о‘rganilsa, tajriba о‘z ichiga tо‘rtta

                  variantni oladi (2  x 2 = 4).

                                Oddiy haydash - о‘g‘itsiz

                                Chuqur haydash - о‘g‘itsiz

                                Oddiy haydash - о‘g‘itli

                                Chuqur haydash - о‘g‘itli.

                        Mazkur tajriba tizimidan bironta variant chiqarib tashlansa, u tо‘la omillilik

                  xususiyatini yо‘qotadi.

                        Agar tajribaga yana bir omil (masalan, 2 ta nav о‘rganilsa) qо‘shilsa, tabiiyki

                  u tо‘la unsuriy tajriba bо‘lishi uchun sakkizta variantni о‘z ichiga olishi kerak (11-

                  jadval).

                        Amalga oshirilish kо‘lamiga qarab dala tajribalarini yana ikkiga bо‘lamiz:


                                                               83
   78   79   80   81   82   83   84   85   86   87   88