Page 82 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 82

Ishlab  chiqarish  sharoitlarida  о‘tkaziladigan  dala  tajribalari  birmuncha

                  soddalashtirilgan tizimda amalga oshirilib, о‘z ichiga eng zarur variantlarni oladi.

                        Tadqiqotlarning maqsadiga kо‘ra dala tajribalari ikkita guruhga bо‘linadi:

                                agrotexnikaviy dala tajribalari;

                                nav sinash dala tajribalari.

                        Agrotexnikaviy  dala  tajribalari  turli  hayotiy  omillar  va  yetishtirish

                  sharoitlarining  ekinlar  hosildorligiga  ta’sirini  qiyosiy  baholash  uchun  о‘tkazilsa,

                  nav  sinash  dala  tajribalari  genetik  jihatdan  turli  navlarni  bir  xil  oziqlanish

                  sharoitlarida  taqqoslash  va  shu  asosda  nav  va  duragaylarning  maxsuldorligini

                  baholash  uchun  amalga  oshiriladi.  О‘g‘itlar  ustida  amalga  oshiriladigan  dala

                  tajribalari - agrotexnikaviy dala tajribalari jumlasiga kiradi.

                        Dala tajribalarining bu ikki turi о‘rtasida keskin chegara yо‘q, chunki ba’zan

                  nav  sinash  ishlari  turli  oziqlanish  fonlarida  о‘tkazilsa,  ba’zi  hollarda

                  agrotexnikaviy dala tajribalarida bir nechta istiqbolli navlar о‘rganilishi mumkin.

                        Tajribada ishtirok etayotgan omillarning soniga qarab:

                                bir omilli;

                                kо‘p omilli dala tajribalari farqlanadi.

                        Agar dala tajribasida bitta oddiy yoki murakkab miqdoriy omil (о‘g‘it yoki


                  pestitsid dozasi, ekish me’yori va h.k.) bir nechta gradatsiyada о‘rganilsa yoki bir
                  nechta  sifat  omillari  (turli  ekinlar,  navlar,  ishlov  berish  usullari,  о‘tmishdosh


                  ekinlar va h.k.)ning ta’siri taqqoslansa, bunday tajribalar oddiy yoki bir omilli dala
                  tajribalari deb yuritiladi (…jadval).


                        Bir  vaqtning  о‘zida  ikki  yoki  undan  ortiq  omilning  о‘zaro  ta’siri
                  о‘rganiladigan tajribalar kо‘p omilli tajribalar deb yuritiladi.


                        Dala  tajribalarida  omillarning  о‘zaro  ta’siri  ijobiy  yoki  salbiy  bо‘lishi

                  mumkin. Masalan, sug‘orish natijasida gektaridan 10 s, о‘g‘it qо‘llashdan esa 5 s

                  о‘larni  birgalikda  qо‘llshdan  esa,  25  s  qо‘shimcha  hosil  olingan  bо‘lsin.  Bunda

                  qо‘shimcha ijobiy samara:

                                              25 - (10  + 5) = 10 s/ga ni tashkil etadi.


                                                               82
   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86   87