Page 80 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 80

berish,  shuningdek,  ulardan  foydalanish  umuman  mumkin  emas.  Tasodifiy

                  maydonchalarda  о‘tkazilgan  tadqiqotlarni  (ular  qanday  maqsadda  о‘tkazilishidan

                  qat’iy nazar) dala tajribalari deb atash mumkin emas.


                                    3.4. Hosilni hisobga olish va tajribaning haqqoniyligi.

                        Qishloq xо‘jalik ekinlarining hosili va mahsulot sifati - tajriba variantlarining

                  xolis  kо‘rsatkichidir.  Hosilni  hisobga  olish  yо‘li  bilan  tajriba  variantlarida

                  о‘rganilayotgan sharoit va omillarning ta’siri miqdoran aniqlanadi,

                        О‘tkazilgan  tajriba  haqqoniy  bо‘lgandagina  hosilni  hisobga  olish  va  uning

                  sifatini baholash ma’lum bir qimmatga ega bо‘ladi.

                        Tajriba haqqoniy bо‘lishi uchun uning tizimi va uslubiyoti, о‘tkaziladigan joy

                  va  shart-sharoitlari  tadqiqotning  oldiga  qо‘yilgan  maqsad  va  vazifalarga  mos

                  kelishi kerak.

                        Tajribalarning haqqoniyligi va aniqligi bir-biri bilan bog‘liq, lekin mustaqil

                  tushunchalardir.

                        Aniq tajribadan olingan natijalarni о‘ziga xos matematik yoki statistik usullar

                  yordamida hisoblab topiladi.

                        Dala  tajribalarining  aniqligiga  agrometeorologik  sharoitlarning  turli-

                  tumanligi,  tajriba  maydoni  tuproqlarining  bir  jinsli  bо‘lmasligi,  agrotexnikaviy

                  tadbirlarni о‘tkazishda yо‘l qо‘yiladigan ayrim nuqsonlar turlicha ta’sir kо‘rsatadi

                  va shu asosda tajribaning xatoliklari yuzaga keladi.

                        Dala tajribalarida uchraydigan xatoliklarni uchta toifaga bо‘lish mumkin.

                        Tasodifiy  xatolar  –  turli  omillarning  о‘zaro  ta’siri  natijasida  yuzaga  keladi.

                  Tasodifiy  xatolar  tajriba  aniqligiga  sezilar-sezilmas  ta’sir  kо‘rsatadi.    Dala

                  tajribalarida tasodifiy xatolarni yuzaga keltiradigan о‘ziga xos elementlar mavjud.

                  Tasodifiy  xatolarning  о‘ziga  xos  tomonlaridan  biri  undagi  ijobiy  va  salbiy

                  elementlarning  о‘zaro  ta’sirlashishi  natijasida  tajriba  aniqligiga  yetkaziladigan

                  zararning kamayishi va silliqlanishidir.

                        Tasodifiy xatolarga  iqlimdagi sovuq va issiq, seryog‘in va quruq kunlarning

                  almashib turishini misol qilish mumkin.

                                                               80
   75   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85