Page 76 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 76

Yо‘qoladigan azot miqdori kо‘proq tuproqdagi harakatchan oziq elementlar

                  miqdoriga,  kamroq  shimiladigan  yog‘in-sochin  miqdoriga  bog‘liq  bо‘ladi.

                  Masalan,  Zeyelxorst  tajribasida  loyli  tuproqlarda  azotning  yо‘qolishi  qumli

                  tuproqlardagidan 2 marta kо‘p bо‘lgani holda, qumli tuproqlarga shimiladigan suv

                  miqdori loyli tuproqlardagiga nisbatan 16% kо‘proq bо‘lishi kuzatiladi.

                        Tuproqlardagi  azotli  birikmalarning  harakatchanligi  uning  mexanikaviy

                  tarkibi bilan uzviy bо‘lishi nemis olimi Geylman tomonidan о‘tkazilgan tajribada

                                         3
                  aniqlangan.  0,4  m   hajmli,  1,3  m  chuqurlikka  ega  lizimetrlar  50  g  azot
                  aralashtirilgan  tuproq  bilan  tо‘ldirilgan  va  20  oy  davomida  faqat  yog‘in-sochin

                  bilan namlangan holda (toza shudgor holatida) tashlab qо‘yilgan.

                        Tajribadan olingan ayrim ma’lumotlar 9-jadvalda keltirilgan.

                                                                                                     9-jadval.

                          Turli mexanikaviy tarkibga ega tuproqlarda suvning shimilishi (l) va
                                      azotning yuvilishi (%) (Geylman ma’lumoti)

                      Tuproq          О‘rganilgan             Tajriba boshlangandan keyingi oylar
                                         kattalik
                                                                1                  9                  20
                  Qumli              Suvning                  23,5               93,3               190,8
                                     shimilishi
                                     Azotning                 17,4               100,0              103,6
                                     yuvilishi
                  Qumoq              Suvning                   9,0               52,0                92,1
                                     shimilishi
                                     Azotning                 0,15                6,9                13,6
                                     yuvilishi


                        Keltirilgan  raqamlardan  qumli  tuproqlarda  suvning  shimilishi  va  azotning

                  yuvilishi loyli tuproqlarga nisbatan jadal ketishi kо‘rinib turibdi.

                        Fosfor  elementi  shimiladigan  yog‘in-sochinlar  ta’sirida  juda  kam  miqdorda

                  yuviladi.  Lion  va  Bitsel  tomonidan  о‘tkazilgan  tajribalarda  (9  yillik  о‘rtacha

                  ma’lumot) yil davomida 77,4 kg azot, 80,7 kg kaliy, 59,5 kg oltingugurt, 44,8 kg

                  kalsiy,  70,8  kg  magniy  yuvilishi,  fosfor  esa  amalda  yuvilmasligi  aniqlangan.

                  О‘simliklar  bilan  band  bо‘lgan  maydonlardan  oziq  elementlar  kamroq  yuviladi.



                                                               76
   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80   81