Page 74 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 74
8-rasm. Ebermayerning lizimetrik voronkalari chizmasi.
Ebermayer voronkalarini о‘rnatish uchun chuqur handaq kovlanadi va uning
old tik devorida voronka о‘rnatiladigan chuqurlikda tokcha yasaladi. Voronka
ehtiyotlik bilan tokcha ichiga kiritiladi va о‘tkir uchlari bilan uning yuqori
devori(ship)ga mahkamlanadi. Voronkalar naychalar yordamida tokchadan ma’lum
masofada joylashgan yig‘gich bilan tutashtiriladi. Xandaqning usti taxta bilan
yopiladi va betonlanadi. Xandaqdagi yig‘gichlarga tushish uchun qopqoqli maxsus
tuynuk ishlanadi. Yon devorlari bо‘lmaganligi sababli atrofdan shimiladigan suvlar
ham voronkalarga kelib tushishi mumkin. Shu sababdan о‘z ichiga turli me’yorda
о‘g‘it qо‘llanilgan variantlarni olgan tadqiqotlarda dala tajribalaridagi kabi himoya
yо‘lakchalarini qoldirish talab etiladi.
Odatda lizimetrik tajribalar tо‘laligicha tabiiy sharoitlarda olib boriladi,
qaysiki suv tartibiga alohida e’tibor berishni talab qiladi.
Eksperimental tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, tabiiy tuproqlarning suv tartibi
lizimetrlarning suv tartibidan bir muncha farq qiladi. Devorli lizimetrlardagi
tuproqlarga tushadigan yog‘in-sochin miqdori tabiiy tuproqlarga tushadigan
miqdordan kо‘proq bо‘lishi tabiiy hol, albatta. Chunki lizimetrlarning devori
tuproqdan bir oz baland bо‘lgani bois, tushadigan yog‘inning deyarli barchasi
tuproqqa shimiladi. Tabiiy tuproqlarda esa yog‘in-sochinning 20-25% i nishablik
bо‘ylab oqib ketadi. Lekin lizimetrik voronkalarda bu hodisa kuzatilmaydi.
74