Page 70 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 70

2-Amaliy mashg‘ulot. Lizimetrik tajribalarini sxemalarini tuzish va
                                                  tajribani qо‘yish yо‘llari.


                        Lizimetrik tajribalar birinchi bо‘lib taniqli ingliz olimi Jon Dalton tomonidan

                  18-asrning  oxiri  19-asrning  boshlarida  atmosfera  yog‘in-sochinlarining  sizot

                  suvlarni tо‘yintirishdagi ahamiyatini о‘rganish maqsadida amalga oshirilgan.

                        Lizimetrik tadqiqotlar agrokimyoda ham keng kо‘lamda qо‘llaniladi. Undan

                  tuproqdagi, shuningdek, о‘g‘itlar bilan kiritiladigan oziq elementlarning yuvilishini

                  о‘rganishda keng foydalaniladi.

                        Lizimetrik tadqiqotlar tuproq va undagi oziq elementlar, о‘g‘itlar va о‘simlik

                  о‘rtasidagi  munosabatlarni  aniqlashda  о‘ziga  xos  о‘rinni  egallaydi.  Tuproqqa

                  kiritiladigan  va  hosil  bilan  olib  chiqiladigan oziq  moddalar о‘rtasidagi  farqni  va

                  tuproqdagi  oziq  moddalar  muvozanatini  aniqlashda  ham  ayni  usulni  qо‘llash

                  yaxshi natija beradi.

                        Aytilganlardan  tashqari  bu  usuldan  о‘g‘itlar  ta’sirida  tuproq  xossalarining

                  о‘zgarishini  (masalan,  suv  о‘tkazuvchanlik),  turli  ekinlardagi  transpiratsiya

                  kooefitsentlari kо‘rsatkichlarini aniqlashda ham foydalanish mumkin.

                        Sug‘oriladigan  dehqonchilik  sharoitida  suv  muvozanatini,  shо‘rlangan


                  tuproqlarni yuvish va qishloq xо‘jalik ekinlarining sug‘orish tartibini о‘rganishda
                  ham  lizimetrik tajribalar ma’lum ahamiyat kasb etadi.


                        Lizimetrik  tajribalar  maxsus  moslamalar  –  lizimetrlarda  amalga  oshiriladi.
                  Tadqiqotlarning  maqsadi  va  vazifalariga  bog‘liq  ravishda  turli  konstruksiyali


                  lizimetrlardan foydalaniladi.
                        Lizimetrlardagi tuproq qatlamining qalinligi 20-25 sm dan bir necha m gacha


                  bо‘lishi  mumkin.  Amalda  1  m  qalinlikdagi  tuproq  qatlamiga  ega  bо‘lgan

                  lizimetrlar kо‘p ishlatiladi.

                        Lizimetrlar oldiga quyidagi talablar qо‘yiladi:

                        1.  Lizimetrik  tadqiqotlardagi  sharoit  imkon  qadar  tabiiy  sharoitga  yaqin

                  bо‘lishi lozim. Buning uchun ular tuproq о‘rasiga joylashtiriladi va ularning sathi

                  tevarak-atrof bilan tenglashtiriladi.

                                                               70
   65   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75