Page 65 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 65
О‘simliklarning о‘suv organlari yaxshi rivojlanib, massasi ortgan paytda
beriladigan suv miqdoriga tuzatishlar kiritib boriladi.
О‘simliklarning yorug‘lik bilan ta’minlanishi bir xilda bо‘lishiga erishish
uchun sug‘orish paytida chekka va о‘rta qatorlarda joylashgan idishlarning о‘rni
almashtiriladi. Tajriba maqsadidan kelib chiqqan holda tuproqli muhitda
yetishtiriladigan ekinlar vodoprovod suvida, distillangan yoki bidistillangan suv
bilan sug‘oriladi. О‘rganiladigan omil tuproq reaksiyasi yoki kalsiy miqdori
bо‘lganda, turli fiziologik muhitga ega azotli о‘g‘itlaryoki qiyin eriydigan fosforli
о‘g‘itlar о‘rganiladigan tadqiqotlarda faqat distillangan suv ishlatiladi.
Shuningdek, kichik bufer sig‘imiga ega tuproqlarda о‘tkaziladigan tajribalarda
vodoprovod suvidan foydalanish qat’iy man’ qilinadi.
Amal davridagi oziqlantirishlarda о‘g‘itlar suvda eritilib beriladi.
Idishlardagi begona о‘tlar muntazam ravishda yо‘qotiladi, kasallik belgilari
va xasharotlar paydo bо‘lsa, tezda tegishli chora-tadbirlar qо‘llanadi.
Kuzatishlar, hosilni yig‘ishtirish va hisoblash. О‘simliklarning amal davrida
reja asosida fenologik kuzatishlar va biometrik о‘lchashlar amalga oshiriladi va
ularning natijalari maxsus tutilgan jurnalga yozib boriladi. Har bir idishdagi
о‘simliklarning asosiy о‘sish va rivojlanish davrlarining boshlanish sanalari qayd
etiladi.
8-jadvalda turli ekinlarda kuzatilishi lozim bо‘lgan rivojlanish davrlari
keltirilgan.
О‘simliklarning rivojlanishidagi farq о‘lchashlar orqali aniqlanadi va jurnalda
qayd etiladi. Idishlardagi о‘simliklar suratga tushiriladi.
Terimga 3-4 kun qolganda idishlarga suv quyish tо‘xtatiladi.
Tajribaning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda о‘simliklar turli
davrlarda (kо‘pincha tо‘la pishib-yetilganda) yig‘ishtirib olinadi.
65