Page 67 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 67
Ildizmevalilarda (kartoshkada ham) yer usti va yer osti qismlari alohida
о‘rganiladi. Buning uchun о‘simlik idishdan chiqarib olinadi, palagi qirqiladi va
tortiladi. Ildizmeva unga yopishgan tuproqlardan tozalanadi, yuviladi va 0,1 g
aniqlikda tortiladi hamda jurnalda qayd etiladi.
Vegetatsiya tajribasi dasturiga hosil strukturasini о‘rganish ham kiritilgan
bо‘lsa, bu ish yig‘im-terim paytida bajariladi. Hosilni yig‘ishtirish paytida
agrokimyoviy tahlillar uchun tuproq va о‘simlik (don, tugunak, tola, somon, palak
va b.) dan namunalar olinadi.
Hosilni yig‘ishtirish va hisobga olish olingan natijalarni statistik tahlili bilan
yakunlanadi. Bitta variantga xos idishlardagi hosildorlik о‘rtasidagi farq 5-20%
dan oshmasligi shart.
Tajribadagi barcha vegetatsiya idishlari variant va navlarni xisobga olgan
holda qator qilib terib chiqiladi. Qatorlar orasidagi masofa 1 m dan kam
bо‘lmasligi kerak. О‘simliklarning tanasi kattalashib borgani sayin qatorlar
orasidagi masofa ham oshiriladi. Agar idishlar о‘rtasidagi masofa yaqin bо‘lib
qolsa, о‘simliklarga yorug‘lik yaxshi tushmaydi, havo almashinuvi yomonlashadi,
shuningdek sug‘orish va ishlov berish paytida о‘simliklar shikastlanishi mumkin.
Vegetatsiya tajribalarida ham dala tajribalaridagidek entomologik va
fitopatologik kuzatishlar olib boriladi.
Ayrim hollarda (о‘simliklarning quruq massasi hisobga olinganda, hosil
elementlarining shakllanishi va saqlanishi о‘rganiladigan tajribalarda) tо‘kilgan
barg, shona, gul, tuguncha va kо‘saklar maxsus xalatchalarga terib olinadi.
О‘sish da’rlari bir-biriga yaqin bо‘lgan о‘simlik navlari ustida tadqiqot ishlari
olib borilganda fenologik kuzatishlar va о‘simlik organlarining kimyoviy tahlili
о‘simliklar rivojlanishining muayyan davrlarida (masalan, g‘о‘zada unib chiqish, 2
-3 chin barg, shonalash, gullash, hosil tо‘plash va pishish), vegetatsiya davri
turlicha bо‘lgan navlar ustida о‘tkaziladigan tajribalarda esa, qо‘yilgan maqsadga
kо‘ra har 10, 15 yoki 30 kunda amalga oshiriladi.
67