Page 71 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 71

2.  Turli  omillar  ta’sirini  qiyoslab  о‘rganish  maqsadida  lizimetr

                  moslamalarining  soni  10  tadan  kam  bо‘lmasligi  va  ular  qator-qator  qilib

                  joylashtirilishi  kerak.  Lizimetrlar  yoniga  yog‘in-sochin  miqdorini  о‘lchash

                  moslamasi о‘rnatilsa, yanada yaxshi bо‘ladi.

                        3.  Tuproq  qatlamidan  shimilib  о‘tadigan  suvlarni  tо‘plash  uchun  lizimetr

                  moslamalarining  pastki  qismiga  drenaj  joylanadi,  undan  о‘tadigan  suv  maxsus

                  qabul  qilgichlarda  tо‘planadi.  Ular  tabiiy  va  sun’iy  yoritiladigan  yer  osti

                  dahlizlariga  о‘rnatiladi  (…rasm).  Yer  osti  dahlizlari  yog‘in-sochin  va  havo

                  haroratining keskin о‘zgarishidan himoyalangan bо‘lishi lozim.

                        4. Lizimetrlar tadqiqot mavzusiga kо‘ra о‘simlik bilan band bо‘lishi yoki toza

                  shudgor  holatida  bо‘lishi  mumkin.  Kamdan-kam  hollarda  lizimetrlarga  mevali

                  yoki manzarali daraxtlar о‘tqaziladi (Vilyams lizimetri). Shu sababdan lizimetrlar

                  yorug‘lik yaxshi tushadigan, parranda va chorva mollari ta’siridan himoya qilingan

                  holatda quriladi. Ba’zi lizimetrlar ustiga simtо‘r tortiladi.

                        5.  Kо‘p  miqdordagi  eritmalar  ishlatish  va  kunning  hohlagan  paytida

                  kuzatishlar  olib  borishga  tо‘g‘ri  kelishi  munosabati  bilan  lizimetrlar

                  laboratoriyalarga yaqin joylarda quriladi.

                         Moslama  ichidagi  tuproqning  holatiga  kо‘ra  ikki  turdagi  lizimetrlar


                  farqlanadi:
                                 tuproqning tabiiy tuzilishi saqlangan;


                                 keltirilgan tuproq bilan tо‘ldiriladigan.
                        Ikkinchi  turdagi  lizimetrlarda  tuproqning  tabiiy  tuzilishi  buziladi,  lekin


                  shunday  bо‘lsada,  tuproq  genetikaviy  qatlamlar  bо‘yicha  ma’lum  tartib  va
                  zichlikda joylanadi.


                        Lizimetrlarning  devori  beton,  g‘isht,  metall  yoki  plastik  pardadan

                  tayyorlanishi  mumkin.  Tadqiqotlarda  Ebermayerning  lizimetrik  varonkalari  ham

                  ishlatiladi.






                                                               71
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76