Page 73 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 73
7-rasm. A.V.Klyucharev kichik hajmli metall lizimetrining kesmasi.
Bu lizimetrda filtratni yig‘ish uchun kimyoviy laborotoriyalarda ishlatiladigan
oddiy ajratish voronkasi (3) xizmat qiladi. Uni moslamaga pо‘kak yoki nay (4)
yordamida mahkamlash mumkin. Ishni boshlashdan oldin 50 sm uzunlikdagi, ikki
uchi ochiq, yupqa devorli metall silindr (5) tuproqqa joylashtiriladi va unga
ilgaklar yordamida Klyucharev lizimetri osib qо‘yiladi. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, tashqi silindrning diametri lizimetr diametridan salgina katta qilib ishlanishi
lozim.
Turli-tuman konstruksiyali metall lizimetrlar mavjud. Ularning ayrimlari
xandaq ichidagi vagonetkalarga joylashtirilib, bir joydan ikkinchi joyga
kо‘chirilsa, vagonetkaga joylashtirilgan Zeyelxorst lizimetrlarini xandaqning
о‘rtasiga о‘rnatilgan tarozida tortish ham mumkin.
Rossiyada lizimetrik voronkalar birinchi bо‘lib XX asrning boshlarida
B.M.Velbel va V.V.Gemmerling tomonidan qо‘llanilgan.
Ebermayer lizimetr voronkasining tuzilishi 8-rasmda keltirilgan. 25 yoki 50
sm diametrli ruxlangan voronkalarning chuqurligi 5 sm ga teng. Ularning
chekkalari о‘tkir bо‘lib, 0,5 sm chiqiq qilib ishlangan. Voronkaning bо‘yni ruxli
halqacha bilan о‘ralgan, teshikchasining diametri 2 mm ni tashkil qiladi. Voronka
drenaj material bilan tо‘ldiriladi.
73