Page 68 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 68
Lekin har ikki holda ham shonalash, gullash, kо‘saklarni ochilish muddatlari
belgilab boriladi, xosil elementlarining tо‘planish dinamikasi о‘rganiladi, hosil
yig‘ib-terib olinadi, tortiladi va tegishlicha hisob-kitob ishlari bajariladi.
Vegetatsiya tajribasini olib borish uchun alohida, qalin muqovali, katta hajmli
daftar tutiladi va u «Vegetatsiya tajribasi jurnali» deb nomlanadi.
Unda quyidagi masalalar yoritiladi:
1. Vegetatsiya tajribasining tizimi (variantlarning tartib raqamlari, tajriba
variantlari, takrorliklar, vegetatsiya idishlarining tartib raqamlari).
2. Tuproqning tipi va granulometrik tarkibi.
3. Tuproq olingan joy haqidagi ma’lumotlar, qatlam chuqurligi.
4. Olingan tuproqning qisqacha agrokimyoviy tavsifi.
5. Tuproqning tо‘la nam sig‘imi, %.
6. Idishlarning og‘irligi, kg.
7. Tuproqning idishlarga solinayotgan paytdagi namligi, %.
8. Idishdagi nam holatdagi tuproq og‘irligi, kg.
9. Idishdagi mutlaq quruq tuproqning og‘irligi, kg.
10. TNS ning 70% igacha namlangan tuproqning idish bilan birgalikdagi
og‘irligi, kg.
11. Ekinning turi, navi, navlarning qisqacha tavsifi.
12. Urug‘ namlangan va ekilgan kun.
13. Nihollar paydo bо‘lgan kun (ishning maqsadiga kо‘ra unish sur’ati, unish
dinamikasi ham hisobga olib boriladi).
14. О‘g‘itlash (о‘g‘it berish) kunlari. О‘g‘itlarning shakllari, turi va miqdori.
15. Sug‘orish (amalga oshirish tartibi).
16. Tuproqni ishlash (amalga oshirish tartibi).
17. Zararkunandalarga qarshi kurash.
18. Rivojlanish davrlarining boshlanishi.
19.О‘simliklarning usishi va rivojlanishi borasidagi ma’lumotlar.
20. Hosil elementlarining shakllanishi va saqlanishi bо‘yicha hisob-kitoblar.
68