Page 72 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 72

2.1. Beton yoki g‘ishtli lizimetrlar

                        Beton yoki g‘ishtdan tayyorlanadigan lizimetrlarda kо‘p yillik tadqiqotlar olib

                                                                                2
                  boriladi. Odatda ularning yuzasi 1-2, ba’zi hollarda 4 m  ni tashkil qiladi. Ular kо‘p
                  yillar  davomida  xizmat  qiladi.  Masalan,  Moskva  qishloq  xо‘jalik  akademiyasida

                  V.R.Vilyams  tomonidan  1900  yilda  qurilgan  va  Yangi  Aleksandriya  qishloq

                  xо‘jalik institutida P.F.Barakov tomonidan 1903 yilda qurilgan lizimetrlar 30-40

                  yil  davomida  faoliyat  kо‘rsatgan.  Betonli  lizimetrlarga  kо‘pincha  keltirilgan

                  tuproqlar  tо‘ldiriladi.  Ularda  dunyoning  turli  mamlakatlarida  о‘simlik,  о‘g‘it  va

                  tuproqlar ustida statsionar tajribalar olib borilmoqda.

                                                       2.2. Metall lizimetrlar

                        Ularning  shakli  turli-tuman  (silindrsimon,  kubsimon,  parallelepipedsimon)

                  bо‘lib,  tabiiy  tuzilishga  ega  va  keltirilgan  tuproq  bilan  ishlashga  mо‘ljallangan.

                  Keltiriladigan tuproqlar odatda ichkari qismi asfalt loki bilan qoplangan, ruxlangan

                  pо‘latdan  tayyorlangan  silindrsimon  yoki  parallelepipedsimon  lizimetrlarga

                  joylanadi. Ularning tubiga beton lizimetrlardagi kabi shag‘al yoki qumdan drenaj

                  qilinadi. Tuproq bilan tо‘ldirilgan lizimetrlar yerga kо‘miladi (undagi tuproq sathi

                  yer  yuzasi  bilan  bir  xil  bо‘lishi  shart)  yoki  avvaldan  yerga  kо‘milgan,  о‘zidan

                  diametri  bir  oz  katta  bо‘lgan  silinr  yoki  yashchikka  joylashtiriladi.  Tashqi  idish


                  chuqur devorlarini ushlab turish uchun xizmat qilsa, ichki idish lizimetr vazifasini
                  о‘taydi.


                        Barcha shakldagi metall lizimetrlarning tubidagi teshikchaga nay (kranchasi
                  bilan) о‘rnatiladi va uning tagiga filtrat tо‘planadigan idish joylashtiriladi.


                        Namunalar  olishda  tuproqning  tabiiy  tuzilmasini  buzmaslik  uchun
                  silindrsimon lizimetrlarning pastki qismi alohida, о‘tkir uchli uchburchak shaklida,


                  yasaladi va asosiy qismiga biriktirib qо‘yiladi. A.V.Klyucharevning lizimetri shu

                  tipdagi lizimetrlarga yaqqol misol bо‘ladi. U (7–rasm) diametri 11 sm, chuqurligi

                  20 sm bо‘lgan yupqa devorli pо‘lat silindr (1) dan iborat. Tabiiy tuzilishi saqlangan

                  tuproq  tо‘ldirilgan  silindrning  pastki  qismiga  drenajli,  ruxlangan  voronkasimon

                  taglik (2) zich qilib mahkamlanadi.


                                                               72
   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76   77