Page 75 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 75

Tuproqqa  tushadigan  suv  dinamikasida  ham  о‘ziga  xos  farq  kuzatiladi.

                  Lizimetrlarning tubi yopiq bо‘lgani sababli quyi qismda yuzaga keladigan havoli

                  qatlam  gravitatsiya  suvlarining  pastga  tomon  erkin  harakatlanishiga  tо‘sqinlik

                  qiladi yoki boshqacha aytganda suvning tabiiy tuproqlardagi kabi tо‘la shimilishi

                  sodir bо‘lmaydi.

                        Shuningdek, suvning shimilishi lizimetrlarning chuqurligiga ham bog‘liqdir.

                  Suv  chuqur  lizimetrlarda  sayoz  lizimetrlardagiga  nisbatan  kо‘proq  tо‘planadi.

                  Sayoz      lizimetrlardagi     tuproq     yuzasidan      suvning     bug‘lanishi      chuqur

                  lizimetrlardagiga nisbatan kо‘proq bо‘ladi.

                        Shimiladigan suv miqdori quyidagi sharoitlarga bog‘liq bо‘ladi:

                               lizimetrning  tuproq  bilan  tо‘ldirish  usuliga  (tabiiy  holatini  saqlab

                  qolgan tuproqlarda shimilish kо‘proq bо‘ladi);

                               tuproq xossalariga (tuproq qanchalar mayda bо‘lsa, suv shuncha kam

                  shimiladi);

                               yil fasllariga (bahor va kuzda kо‘p, yoz va qishda kam);

                               yog‘in-sochin miqdori va ularning yil davomida taqsimlanishiga;

                               tuproq  va havo  haroratiga  (harorat  qancha  yuqori bо‘lsa,  suv  kо‘p

                  bug‘lanib, kam shimiladi).


                        Agrokimyoda  lizimetrik  usuldan  oziq  moddalarning  tuproqdan  yuvilishini
                  о‘rganishda ham foydalaniladi. Bu kattalik tabiiyki, birinchi navbatda shimiladigan


                  suv miqdori bilan bog‘liqdir.
                        Zeyelxorst yopiq, harakatlanuvchan lizimetrlarida (1,33 m chuqurlikka ega) 5


                  yil  davomida  shudgorlab  tashlab  qо‘yilgan  loyli  va  qumli  tuproqlarda  azotning
                  yо‘qolishi  о‘rganilgan.  Olingan  natijalar  yil  davomida  1  ga  maydondan


                  yо‘qoladigan azotning о‘rtacha miqdori loyli va qumli tuproqlarda mos ravishda

                  60,9  va  28,8  kg  ni  tashkil  qilishini  kо‘rsatgan.  A.V.Klyucharevning  20  sm

                  chuqurlikka  ega  sayoz  metall  lizimetrlarda  о‘tkazgan  tajribalarida  shudgorlab-

                  tashlab  qо‘yilgan  1  ga  maydondan  yil  davomida  43  kg  nitrat  shakldagi  azot

                  yuvilishi aniqlangan.


                                                               75
   70   71   72   73   74   75   76   77   78   79   80