Page 78 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 78
Dala tajribalaridagi barcha agrotexnikaviy tadbirlar yuqori saviyada tashkil
qilinishi, barcha variantlarda qо‘llaniladigan tadbirlar sifat va bajarilish muddatlari
jihatidan bir xilda bо‘lishi kerak. Boshqacha aytganda, tajribada rejalashtirilgan
barcha ishlar barcha variantlarning hammasida bir kunda bajarilishi lozim.
Rejalashtirilgan ishlarni bir kunda tugatishning iloji bо‘lmagan, xollarda tadbir
bitta takrorlikning barcha variantlarida birinchi kunda, qolgan takrorliklarda esa
ikkinchi kuni bajariladi. Umuman olganda, agrotexnik tadbir tajriba variantlarida
kо‘pi bilan ikki kun ichida bajarilishi kerak.
Bundan tashqari tuproqni ishlash, ekish va nihollarni parvarishlashda
qо‘llaniladigan barcha moslamalar birinchidan, zamonaviy ikkinchidan, barcha
variantlarda bir xilda bо‘lishi kerak.
Agrotexnikaviy tadbirlar ichida sug‘orish alohida e’tiborga ega bо‘lib, suv
barcha variantlarga bir kunda, bir xil miqdorda berilishi kerak. Sug‘orishdagi
variantlar о‘rtasidagi farq о‘simliklarning о‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga
sezilarli ta’sir kо‘rsatadi.
Dala tajribasining tipikligi deganda, о‘rganilayotgan navlarning shu sharoit
uchun yaroqliligi va moslashtirilganligiga jiddiy e’tibor beriladi.
3.2. Bitta belgi bilan farqlanish prinsipi
Uslubiy jihatdan tо‘g‘ri tashkillashtirilgan tajribaning muhim shartlaridan biri
- mantiqan bitta belgi bilan farqlanish prinsipidir, ya’ni dala tajribasida
taqqoslanadigan variantlar bir-birlaridan faqat bitta о‘rganiladigan belgi bilan farq
qilishi lozim.
Masalan, azotli о‘g‘it me’yorlari ustida о‘tkaziladigan tadqiqotlarda variantlar
о‘rtasidagi birdan-bir farqlanadigan belgi - о‘g‘it me’yoridir. Boshqa barcha
omillar (tuproq tipi va unumdorligi, о‘tmishdosh ekin, tuproqni ishlash usullari,
nav, ekish va о‘g‘itlash muddatlari, usullari, shuningdek, parvarishlash) barcha
variantlarda bir xilda bо‘lishi kerak. Ayni shartga amal qilinmasa, о‘rganilayotgan
о‘g‘it me’yorining ekinlar hosiliga ta’sirini о‘rganib bо‘lmaydi.
78