Page 79 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 79
О‘simliklarning hayotiy omillari о‘zaro bog‘liq bо‘lganligi sababli, xar doim
faqat bitta belgi bilan farqlanish prinsipiga amal qilib bо‘lmaydi. Bunga qо‘yidagi
oddiy misolni keltirish mumkin. Sug‘orish jarayonida tuproqning namligi
о‘zgaradi. Namlik tartibotining о‘zgarishi о‘z navbatida tuproqning haroratiga,
haroratning о‘zgarishi esa, mikroorganizmlar faoliyatiga ta’sir kо‘rsatadi.
Tuproqdagi oziq moddalarning miqdori va ularning harakatchanligi tabiiyki,
mikroorganizmlar faoliyati natijasida о‘zgaradi.
Aytilganlardan faqat bitta belgi bilan farqlanish prinsipiga erishib bо‘lmas
ekan degan xulosa chiqarish kerak emas. Bu prinsip zamirida eng asosiy,
о‘rganilayotgan belgi nazarda tutiladi. Yana misollarga murojaat qilaylik. Dala
tajribasida bug‘doyning biologik xususiyatiga kо‘ra kо‘chat qalinligiga turlicha
munosobatda bо‘ladigan ikkita naviga о‘g‘it me’yorlarining ta’siri о‘rganilayotgan
bо‘lsin. Bu ikki navning hosilini taqqoslash uchun ular bir xil kо‘chat qalinligida
ekilishi lozim edi. Bu bitta navning albatta noqulay oziqlanish sharoitiga
tushushiga va katta uslubiy xatoga sabab bо‘ladi. Buning oldini olish uchun bir nav
о‘ziga qulay kо‘chat qalinliklarida ham sinab kо‘riladi.
Yana bir misol. Tajribada kaliyli о‘g‘it turlarining (kaliy xlorid va kaliy
sulfat) xlorga chidamli ekin hosildorligiga ta’siri о‘rganilayotgan bо‘lsin. Agar har
ikki shakldagi о‘g‘it faqat kuzda yoki bahorda berilsa, olinadigan natijalar bir-
biridan keskin farq qiladi. О‘g‘it shakllarini haqqoniy baholash uchun tajriba
tizimiga turli muddatlarda о‘g‘it beriladigan qо‘shimcha variantlar kiritiladi.
Barcha hollarda bitta belgi bilan farqlanish prinsipi - maqsadga muvofiqlik
yoki me’yordalilik prinsipi deb qaralishi kerak.
3.3. Tajribalarni maxsus maydonchalarda о‘tkazish.
Dala tajribalarini maxsus ajratilgan maydonchalarda о‘tkazish bitta belgi bilan
farqlanish prinsipining mantiqiy davomidir. Bu talab har qanday dala tajribasida
albatta bajarilishi shart. Tarixi ma’lum bо‘lmagan (maxsus ajratilmagan)
maydonlarda amalga oshirilgan tajribalarning natijalarini tushunish va tushuntirib
79