Page 84 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 84
yakka tartibdagi dala tajribalari;
yalpi yoki geografik dala tajribalari.
Agar turli tizimdagi dala tajribalari alohida olingan maskanlarda, bir-biriga
bog‘liq bо‘lmagan holda, amalga oshirilsa, yakka tartibdagi dala tajribalari deb
yuritiladi.
11-jadval
Uch omilli (2x2x2=8) dala tajribasining tizimi
№ 1-nav № 2-nav
1 Oddiy haydash - о‘g‘itsiz 5 Oddiy haydash - о‘g‘itsiz
2 Chuqur haydash - о‘g‘itsiz 6 Chuqur haydash - о‘g‘itsiz
3 Oddiy haydash - о‘g‘itli 7 Oddiy haydash - о‘g‘itli
4 Chuqur haydash - о‘g‘itli 8 Chuqur haydash - о‘g‘itli
Ma’lum bir mazmundagi dala tajribalari avvaldan muvofiqlashtirilgan tizim
va uslublarda, turli tuproq va iqlim sharoitlarida amalga oshirilasa, yalpi yoki
geografik dala tajribalari deb nomlanadi.
Davomiyligiga kо‘ra dala tajribalarini kо‘yidagicha guruhlash mumkin;
qisqa muddatli dala tajribalari;
kо‘p yillik dala tajribalari;
surunkali dala tajribalari.
Uch yildan о‘n yilgacha davom etadigan tajribalariga odatda qisqa muddatli
dala tajribalari deyiladi. Qisqa muddatli dala tajribasi 3-4 yil davomida ma’lum bir
tizimda yangi-yangi maydonlarda о‘tkazilsa, nostatsionar, 4-10 yil mobaynida
bitta joyning о‘zida о‘tkazilsa muqim (statsionar) dala tajribalari deb (shartli
ravishda) nomlanadi.
Bir omil va kо‘p omilli dala tajribalari 10-50 yil davom etsa, kо‘p yillik, 50
yildan uzoq davom etsa, surunkali dala tajribalari deb yuritiladi.
Eng qadimiy surunkali dala tajribasi 1843 yilda Angliyaning Rotamsted
tajriba stansiyasida yо‘lga qо‘yilgan. Bu tajribada ekiladigan bug‘doy, arpa va
kо‘p yillik о‘tlar monokulturasiga о‘g‘it me’yorlarining ta’siri о‘rganiladi.
84