Page 89 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 89

unumdorligidagi  olachalpoqlik  asosida  yuzaga  keladigan  xatoliklar  ancha

                  kamayadi.

                        Agar tajriba variantlari barcha takrorliklarda bir xil tartibda joylashtirilsa, bu

                  usul  variantlarni  tizimli  joylashtirish  deb  nomlanadi.  Bunday  joylashtirishning

                  turli-tuman kо‘rinishlari mavjud bо‘lib, bizda kо‘proq bir yarusli va kо‘p yarusli

                  usulda  joylashtirish  qо‘llaniladi.  Variantlarni  tizimli  joylashtirish  soddaligi  va

                  qо‘llashga osonligi bilan ajralib tursada, tajribadagi xatoliklarni statistik ishlash va

                  baholashda bir qator qusurlarni keltirib chiqaradi.

                        Shuning  uchun  ham  hozirgi  paytda  xorijiy  mamlakatlarda  variantlarni

                  joylashtirishning rendomizatsiya yoki tasodifiy usulidan keng foydalanilmoqda va

                  bu usul bizda ham rasm bо‘lib bormoqda.

                        Tasodifiy  usul  bо‘yicha  joylashtirishning  eng  sodda  kо‘rinishida

                  variantlarning  tartib  raqamlari  qog‘oz  bо‘lakchalariga  yozib  chiqiladi  va  ular

                  yaxshilab aralashtiriladi. Sо‘ngra bitta-bitta olinadi (xuddi loto о‘yinidagi kabi) va

                  undagi raqamlar yozib boriladi.

                        Olimlar  о‘rtasida  variantlarni  rendomizatsiya  usulda  joylashtirishning

                  samaradorligi bо‘  yicha  turli  fikrlar  mavjud.  V.N.Perechudov  rendomizatsiya

                  usuliga  yuqori  baho  berib,  variantlarni  tasodifiy  usulda  joylashtirish  tajriba


                  natijalarining aniqlagi va haqqoniyligini ta’minlaydi deb hisoblaydi. Shuningdek,
                  N.A.Ploxinskiy,  R.A.Fisher,  G.Sanders  kabi  taniqli  olimlar  ham  ushbu  fikrni


                  qо‘llab  quvvatlaydilar.  Ayrim  agronomiya  yо‘nalishida  ish  olib  boruvchi
                  tadqiqotchilar rendomizatsiya usulini ilmiy asoslanmagan deya e’tirof etadilar va


                  uni  tavsiya  etmaydilar.  Variantlarni  rendomizatsiya  usulida  joylashtirish  ilk  bor
                  ingliz    olimi     R.A.Fisher      tomonidan       taklif    etilgan.    Hozirgi      kunda


                  rendomizatsiyaning turli-tuman shakllari tavsiya etilgan.

                        Lotin  kvadrati  va  tо‘rtburchagi.  Lotin  kvadrati  usulini  qо‘llash  tajriba

                  natijalariga  tuproq  unumdorligidagi  farqlar  ta’sirini  kamaytiradi.  Bunda  kvadrat

                  yoki  tо‘rtburchak  shakldagi  maydon  tajriba  variantlari  soniga  teng  qator  va

                  ustunlarga ajratiladi. Tajriba lotin kvadrati iusulida joylashtirilganda, variantlar va


                                                               89
   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93   94