Page 92 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 92

Dala  tajribalaridagi  takrorliklar  va  ularni  joylashtirish  usullari.  Dala

                  tajribalarining  aniqligi  ularni  zamonda  (ya’ni  ma’lum  vaqt  ichida)  va  makonda

                  (maydonda) tо‘g‘ri takrorlanishiga bog‘liqdir.

                        Dala  tajribalarining  turlari  haqida  sо‘z  ketganda,  о‘g‘itlar  ustida

                  о‘tkaziladigan dala tajribalari kamida 3-4  yil davom etishi, boshqacha aytganda,

                  takrorlanishi  shart  deyildi.  Bu  bevosita  tajribani  utkazish  jarayonida  iqlim

                  sharoitlarining turlicha bо‘lishi bilan izohlanadi.

                        Dala tajribalaridagi variantlar maydon (makon) ning о‘zida bir necha marta

                  takrorlanadi  va  bu  bilan  tuproq  unumdorligidagi  olachalpoqlik  hisobiga  yuzaga

                  keladigan xatoliklar kamaytiriladi.

                        Tajriba     ishlari    uslubiyotida      takrorliklarni     joylashtirishning      turli

                  kо‘rinishlaridan foydalaniladi:

                                                 yig‘ma usulda joylashtirish;

                                                 sochma usulda joylashtirish.

                        3 - rasmda о‘z ichiga beshta variantni olgan dala tajribasini tо‘rtta takrorlikda

                  joylashtirishning ikkita usuli ham kо‘rsatilgan. Rasmning «a, b va v» bandlarida

                  takrorliklar yig‘ma usulda joylashtirilgan, ya’ni barcha takrorliklar bitta maydonda

                  yaxlit  joylashtirilgan.  Ular  bir-birlaridan  faqat  bir  va  ikki  yarus  kо‘rinishida


                  joylashganligi bilan farq qiladi.
                        Sochma  usulda  joylashtirilganda  esa  (11-rasmning  ’’g’’  bandiga  e’tibor


                  bering),  takrorliklar  bitta  maydonning  turli  joylarida  va  hatto  boshqa-boshqa
                  maydonlarda  ham  joylashtirilishi  mumkin.  Agrokimyoviy  tadqiqotlarda


                  joylashtirishning  bunday  usulidan  kamdan-kam  hollarda  foydalaniladi.  Masalan,
                  turli  darajada  eroziyaga  chalingan  tuproqlarda  о‘g‘itlar  samaradorligi


                  о‘rganiladigan  tajribalarda  takrorliklarni  sochma  usulda  joylashtirishga  tо‘g‘ri

                  keladi.  Shuningdek,  yangi  agrotexnikaviy  tadbir  yoki  navlarni  turli  tuproq

                  sharoitlarida о‘rganish rejalashtirilgan dala tajribalarida ham qо‘llaniladi.








                                                               92
   87   88   89   90   91   92   93   94   95   96   97