Page 87 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 87

Bu  tuproqlarning  tipi,  xossalari  va  sizot  suvlarining  yotish  chuqurligini

                  aniqlash  uchun  tuproq  kesmalari  solinadi,  tuproqning  haydalma  qatlamidan

                  namunalar olinadi va 1:1000 - 1:5000 kо‘lamdagi tuproq xaritanomalari tuziladi va

                  shu  asosda  maydonda  tarqalgan  tuproqlarga  tavsif  beriladi.  Lekin  kо‘p  sonli

                  kuzatishlardan shu narsa ma’lumki, har qancha jiddiy kimyoviy tahlillar natijasida

                  ham tuproq unumdorligidagi olachalpoqlilikni uzil-kesil aniqlab bо‘lmaydi. Buni

                  aniqlashda tajriba maydonchasiga ma’lum bir qishloq xо‘jalik ekinlarini ekish juda

                  qо‘l keladi. Masalan, tadqiqotlar о‘tkazilishi rejalashtirilayotgan maydonga ikki yil

                  davomida bironta don-dukkakli ekin ekilsa, birinchidan, u tuproq unumdorligidagi

                  farqni kо‘rsatadi, ikkinchidan, tо‘playdigan azoti va qoldiradigan organik massasi

                  hisobiga unumdorlikdagi olachalpoqlikka qisman bо‘lsada barham beradi. Odatda

                  ekinlarni bunday ekish rekognossirovka uchun ekish deb yuritiladi.

                        Tajriba  maydonchasining  relyefi.  Dala  tajribalarida  joyning  relyefiga

                  qо‘yiladigan  talablar  tadqiqotlarning  maqsadi  va  yetishtiriladigan  ekin  turlaridan

                  kelib chiqadi. Dala tajribalarida relyef oldiga qо‘yiladigan talablar mazkur о‘quv

                  qо‘llanmaning “Sug‘oriladigan sharoitda amalga oshiriladigan dala tajribalarining

                  о‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan qismida batafsil bayon qilingan.




                                      3.7. Dala tajribasi uslubiyotining tarkibiy qismlari
                        Dala tajribasi uslubiyoti deganda, uni tashkil qiluvchi elementlarning majmui


                  tushuniladi.  Tajribadagi  variantlar  va  ularning  soni,  bо‘lakchalar,  ularning
                  maydoni  va  yо‘nalishi,  takrorliklar  va  ularni  joylashtirish  tizimi,  hosilni


                  yig‘ishtirib  olish  usuli  va  boshqa  shu  kabilar  dala  tajribalarining  elementlaridan
                  hisoblanadi.


                        Variantlar  va  ularni  joylashtirish.  Dala  tajribasidagi  bir-biridan  faqat

                  о‘rganilayotgan bitta belgisi bilan farqlanadigan, lekin bir  xil  yuzaga ega bо‘lgan

                  bо‘lakchalarga tajriba variantlari deyiladi.

                        Tajriba  variantlarining  soni  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  tajribaning  tipikligiga  ta’sir

                  etmasada,  undagi  xatoliklarga  kuchli  ta’sir  kо‘rsatadi.  Variantlar  sonining  10-12


                                                               87
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92