Page 85 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 85
Daniyada ham bir qator surunkali dala tajribalari yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib,
ulardan eng qadimgisi 1894 yilda Askovo tajriba stansiyasidadir. Bu tajribada
almashlab ekishda о‘g‘it qо‘llash masalalari о‘rganiladi.
Germaniyada ham surunkali dala tajribalarini о‘tkazishga alohida e’tibor
beriladi. Shunday tajribalardan biri 1878 yilda Xalle shahridagi qishloq xо‘jalik
universitetining tajriba dalasida, ikkinchisi 1904 yilda Bonn-Popelsdorf qishloq
xо‘jalik akademiyasi tizimida tashkil etilgan. Har ikki surunkali tajribada mineral
va mahalliy о‘g‘itlar ta’siri qiyosiy о‘rganiladi.
1875 yilda Fransiyada almashlab ekishda о‘g‘it qо‘llash bо‘yichaborasida,
1876 yilda Amerikaning Illoniya universitetida makkajо‘xoriga (yakka ziroat va
almashlab ekish sharoitida) о‘g‘itlar me’yorining ta’sirini о‘rganish yuzasidan
surunkali dala tajribalari yо‘lga qо‘yilgan.
Rusiyada о‘tkazilayotgan surunkali tajribalar ichida 1912 yilda Moskva
qishloq xо‘jalik akademiyasida tashkil etilgan kо‘p omilli tajriba muhim
ahamiyatga ega. Bu tajribada almashlab ekish, yakka ziroat, “abadiy shudgor” va
tuproqni muntazam ohaklash fonlarida mineral о‘g‘it me’yorlarining tuproq
unumdorligicha ta’siri о‘rganiladi.
О‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI)ning
Oqqovoqdagi tajriba stansiyasida, 1926 yilda tо‘rt variantli dala tajribasi tashkil
etilgan bо‘lib, unda tuproqdagi azot va boshqa oziq elementlarning balansi
о‘rganilmoqda.
Yaponiyada ham bundan 65 yillar muqaddam sholi hosildorligiga mineral
о‘g‘itlar, kompost va sideratlar ta’sirini о‘rganish bо‘yicha surunkali dala
tajribalari tashkil etilgan.
Yuqorida aytilganlardan kо‘rinib turibdiki, kо‘p yillik va surunkali dala
tajribalari tuproq va agrofitotsenozlarda sekin sodir bо‘ladigan fizikaviy-kimyoviy
va biokimyoviy jarayonlarni о‘rganishda, oziq moddalar muvozanatini
hisoblashda, oziq elementlarning nobudgarchiligini va atrof-muhitning
ifloslanishini hisobga olishda juda muhimdir.
85